Twitter ijtimoiy tarmoğida öz itini gapirişga örgatayotgan qiz videosi joylaştirildi. 

Videoda siba-inu zotidagi Beni laqabli itning egasi unga ikkita yaponça söz: taberu (“ovqat yeyiş”) va hanbagu (“gamburger”) sözlarini aytişga örgatayotgani tasvirlangan. Ba'zida Beni dangasalik qilib şunçaki akillayotganini, biroq ora-orada yuqoridagi sözlarni ança aniq takrorlayotganini eşitiş mumkin. Video söngida Benining egasi uni “sözamolligi” uçun yegulik bilan taqdirlaydi.

Foydalanuvçilar aqlli itning bu qobiliyatidan hayrat bildirişgan. Köp jurnalistlar videoga izohlarida itdan intervyu oliş uçun uning egasidan ular bilan boğlanişni söraşgan. Boşqalar esa öz uy hayvonlarini gapirişga örgatişni boşlaşganini ma'lum qilişgan.