Google kompaniyasi özining Inbox poçta xizmatini 2019 yil martida yopişga va öz e'tiborini Gmail poçta xizmatini rivojlantirişga qaratişga qaror qildi. Gmail’ning apreldagi yangilanmasiga Inbox funksiyalarining bir qismi qöşilgan (“aqlli” javoblar kabi).  

Kompaniya Inbox dastavval Gmail poçtasini töldiriş, mobil qurilmalar uçun poçta qutisi bilan işlaşni soddalaştiriş uçun xizmat qilişini közda tutgan. Poçta xizmati Gmail foydalanuvçilarining qayd qiliş yozuvlari bilan işlagan. U dizayni va funksiyalari bilan ajralib turgan. 

Ta'kidlanişiça, 2019 yil martida dastur barça dökonlardan öçirib taşlanadi, uni elektron qurilmalarda qöllab bölmaydi.