Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston davlat jahon tillari universiteti qoşida fransuz tiliga ixtisoslaştirilgan maktabni taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligining 2019/2020 öquv yilidan boşlab Özbekiston davlat jahon tillari universiteti muassisligida yuridik şaxs maqomiga ega bölgan “Frantsuz tiliga ixtisoslaştirilgan maktab” davlat umumta'lim maktabini ta'sis etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.

Belgilab qöyilişiça:

2019-2020 öquv yilida maktabning 7-8-9-10 sinflariga 40 nafardan öquvçilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ötkaziladigan fransuz tili va ona tili fanlaridan test sinovlari asosida qabul qilinadi;

Maktabning öquv reja va dasturlari Xalq ta'limi vazirligi bilan kelişilgan holda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Maktabga Fransiya va boşqa tili örganilayotgan xorijiy mamlakatlardagi maktablar bilan doimiy hamkorlik örnatişga kömak körsatadi;

Maktabdagi öqiş jarayonida yuqori bilim va salohiyatni körsata olgan öquvçilar hamda maktabning yetakçi pedagog-öqituvçilari uçun xorijiy mamlakatlarda amaliyot ötaş va malaka oşiriş kurslari taşkil etiladi;

Maktab xodimlari va öqituvçilarining oylik iş haqlariga 25 foiz miqdorida qöşimça ustamalar belgilanadi;

Maktab bitiruvçilariga davlat namunasidagi umumiy örta ta'lim ma'lumoti töğrisidagi hujjat beriladi;

Maktab direktori universitet rektorining taqdimnomasi asosida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining buyruği bilan lavozimiga tayinlanadi;

Maktabni yuqori körsatkiçlar bilan yakunlagan va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maktabning özida ötkaziladigan imtihon natijalariga muvofiq beriladigan fransuz tilini biliş darajasi töğrisidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bölgan öquvçilar oliy ta'lim muassasalarining xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni öqitiş, tarjima nazariyasi va amaliyoti yönalişlariga (fransuz tili böyiça) kiriş imtihonlarisiz, kvotadan taşqari grant asosida öqişga qabul qilinadi.