2018 yil 9 sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani “Yangi diyor” mahallasi hududidan ötgan 4R-110 avtomobil yölida ötkazilgan tadbir davomida, “Lasetti” rusumli avtomaşina töxtatildi. Haydovçidan tegişli hujjatlarni taqdim etişi söralganida, u özini Denov tumani “Loçin” mahallasida yaşovçi fuqaro N.A. deb taniştirib, avtomaşinani boşqariş huquqini beruvçi hamda avtomaşinaga tegişli biron bir hujjatni taqdim etolmaganligi sababli, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, transport vositasi örnatilgan tartibda vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Şundan keyin, haydovçi N.A. ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirmasligi hamda avtomaşinasini jarima maydonidan şu kuni çiqarib berişi evaziga 100 000 (yuz ming) söm pulni pora sifatida berişini taklif etgan.

Şu kuni soat 16:40larda Muzrabot tumani “Muzrabot Darvoza” mahallasi hududida Angor tuman prokuraturasi, viloyat IIB Öz xavfsizligi bölimi hamda Jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.A. Içki işlar xodimi P.X.ga 96 ming söm pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda uşlanib, aşyoviy dalillar tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan. 

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Angor tuman prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.