2018 yil yanvar-avgust oylarida eksport hajmi 8,6 mlrd. AQŞ dollarga (ösiş sur'ati 4,4%) teng böldi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar berdi.
Eksport tarkibida tovarlar 76,9% uluşga ega, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (20,4%), oziq-ovqat mahsulotlari (8,6%), şuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,2%) guruhlari hissasiga töğri kelmoqda.
Xizmatlar eksporti hajmi 1981,3 mln. AQŞ dollarini yoki jami eksport hajmining 23,1%ini taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 23,0%ga ösganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy uluşi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari, moliyaviy xizmatlaridan iborat.
Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga töğri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 36,5%ini taşkil qiladi.


















