Foto: Layfxaker

Közning xiralaşişi

Faoliyatning turli yönalişlari köriş qobiliyatiga öziga xos ta'sir qiladi. Qişki baliq ovi bilan şuğullanadiganlarda qorli közi ojizlik – köz qoraçiqlarining qorda aks etadigan ultrabinafşa nurlaridan kuyişi rivojlanişi mumkin. Payvandçilar elektr aylana yoyi nurlanişidan şikastlanişadi. Kemalardagi kuzatuvçilar gallyutsinatsiyalarni boşdan keçirişadi. Ekranga köp qaraydiganlar esa közning xiralaşişidan aziyat çekadilar.

Biroz vaqtga qadar köriş qobiliyati yomonlaşganini payqamaymiz ham. Agar yetarli darajada aniq körmayotgan bölsak, ekranning yorqinlik darajasini oşiramiz. Bu esa baribir körişni himoya qilişda yordam bermaydi.

Köriş qobiliyati pasayişining birinçi belgisi: telefonga qaraganda tasvirni yaxşiroq anglaş uçun közlaringizni qisasiz. Keyin esa ekranni közlarga yaqinroq olib kelasiz, şunda ham bölmasa, şriftni kattalaştirasiz. Oxir-oqibat, yengilasiz va közoynak sotib olasiz. U albatta telefondan qiyinçiliksiz öqişga yordam beradi. Biroq çiqiş yöli bölmagan doira yuz beradi.

Köriş qobiliyatini telefondagi harflarni qay darajada yaxşi körişimiz bilan baholaymiz. Aynan telefon köriş qobiliyatimizga zarar keltirayotgani haqida esa öylab ham körmaymiz.

Vaqtinçalik közi ojizlik

Smartfon sabab vaqtinçalik közi ojizlik holatlari qayd etilgan. Unda biroz muddat davomida bir köz bilan köriş qobiliyati yöqoladi. Bunday muammo yonboşlagan holatda qoronğuda mutolaa qiliş tufayli yuz beradi. Ekranga qarayotgan köz – yoruğlikka, yostiq tufayli yopiq köz – qoronğulikka moslaşadi. Şundan keyin yoruğlikka örgangan köz körmay qoladi. Yaxşiyamki bu holat bir neça daqiqa davom etadi.

Kompyuterli köriş sindromi

Uzoq vaqt davomida ekranga qaraş sababli yuzaga kelgan köz bilan boğliq muammolar umumiy atama - «kompyuterli köriş sindromi» bilan nomlanadi. Unga odatda köz  oldining qoronğulaşişi, közlardagi quruqlik va qiçişiş, boş oğriği kabi belgilar kiradi. Amerika optometristlari assotsiatsiyasi esa bu sindromga uzoq vaqt davomida ekranga tikiliş sababli odamlarda kuzatiladigan barça noxuş belgilarni kiritadi.

Davo sifatida 20 × 20 × 20 maşqini taklif etadilar. Har 20 daqiqada 20 soniyalik tanaffus qiliş va 20 fut (olti metr) uzoqlikdagi biror narsaga tikiliş kerak. Bu maşq közlarga tinçlanişda yordam beradi.