Joriy yilning yanvar-avgust oylarida import hajmi 12,0 mlrd. AQŞ dollariga (ösiş sur'ati 31,2%) teng böldi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar qilmoqda.
Import tarkibida eng katta uluş maşina va asbob uskunalar (40,1%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,4%) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (9,1%) guruhlari hisobiga töğri keldi.

Xizmatlar importi hajmi 1467,6 mln. AQŞ dollarini yoki jami import hajmining 12,2%ini taşkil etdi va ötgan yilning şu davriga nisbatan 26,3%ga ösdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy uluşi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, quriliş xizmatlari va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat böldi.
2018 yilning yanvar-avgust oylarida respublikaga 153dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oşirilgan. Şulardan 5ta eng yirik bölgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozoğiston va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 7 359,2 mln. AQŞ dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 61,2%ini taşkil qiladi.


2018 yilning ötgan davri mobaynida respublika import qilinayotgan tovarlar hajmi avgust oyida eng yuqori körsatkiçni qayd etib, avgust oyida iyul oyiga nisbatan qiymati 243,7 mln. AQŞ dollariga köproq tovarlar import qilindi va 1654,8 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi.
















