Ötgan hafta Özbekistonda eng köp yuklab olingan iOS-ilova bölgan VPN Proxy Master pozitsiyalarini yöqotmoqda va yettinçi öringa tuşib ketdi. Bundan App Annie ma'lumotlari darak beryapti.
Ilk yigirmatalikda bölgan ikkita boşqa ilova - Best VPN Proxy Betternet, va VPN 24: Hotspot VPN for iPhone top-100dan butunlay çiqib ketdi.
Şu kabi holat VPN-ilovalarni yuklab oliş soni keskin tuşib ketgan Google Play’da ham kuzatilmoqda.
Bunga 12 sentabrdan boşlab Facebook Özbekistonda yana barqaror işlab ketgani bilan izoh beriş mumkin.
Undan bir kun oldin «Özbektelekom» Facebook böyiça rasmiy bayonot bergandi.
«Özbektelekom» ijtimoiy tarmoqqa özi tomonidan çeklov qöyilganligi haqidagi ma'lumotlarni inkor etib çiqdi.









