Angliya premer-ligasida yana 5 uçraşuv ötkazildi.
«Çelsi» öz maydonida «Kardiff» bilan bellaşdi.
Avvaliga Bamba mehmonlar jamoasini hisobda oldinga olib çiqqandi. Keyin Eden Azar ketma-ket uçta gol urdi. Uning ikki goliga Jiru hammualliflik qildi, törtinçi golni Villian öz hisobiga yozib qöydi - 1:4.
Bu natijadan söng, «Çelsi» 15 oçko jamğarib, töplar nisbatiga köra peşqadam bölib oldi.
«Mançester Siti» «Mançester Siti» öz maydonida «Fulhem»ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik ğalabani qölga kiritdi. Gollar Sane, Silva va Sterling hisobiga yozildi.
Bu natijadan söng, «Mançester Siti» 13 oçko bilan 3-örinda, «Fulhem» esa 4 oçko bilan 15-örinda bormoqda.
«Arsenal» bu turda «Nyukasl» mehmoni böldi va ğalaba bilan qaytdi.
Öyinning ikkinçi bölimi boşida Granit Çaka jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni oçdi. 58-daqiqada Mesut Özil jamoasi ustunligini oşirdi. Öyin oxirida Klark «Nyukasl»ning javob goliga mualliflik qildi.
Şu tariqa, Unai Emeri şogirdlari qatorasiga uçinçi uçraşuvda ğalaba qozonib, turnir jadvalida 9 oçko töplagan holda 7-öringa kötarildi. «Nyukasl» esa 5 öyindan keyin 1 oçko bilan oxirgi örinlardan birida joylaşgan.
«Bornmut» öz maydonida «Lester»ni 4:2 hisobida yengdi. «Haddersfild» «Kristal Pelas»ga 0:1 hisobida yutqazdi.
Angliya çempionati
5-tur
Çelsi – Kardiff 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 16 Bamba, 1:1 – 37 Azar, 2:1 – 44 Azar, 3:1 – 80, penalti Azar, 4:1 – 83 Villian.
Çelsi – Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Kovaçiç (Barkli, 50), Jorjino, Pedro (Villian, 68), Kante, Azar (Dzappakosta, 84), Jiru.
Kardiff – Eterij, Morrison, Bennett, Manga, Bamba, Arter (Riçards, 46), Rolls, Rid (Paterson, 71), Kamarasa, Xoylett, Uord (Medin, 77).












