AQŞ prezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning faoliyatidan qoniqiş hosil qilmayapti. Bu haqda The New York Times naşri öz manbalariga tayangan holda xabar tarqatgan.

Gazeta manbalari qayd etişiça, Tramp öz prezidentligining ikkinçi yilida harbiy maslahatçilar bilan, jumladan Pentagon rahbari bilan kam uçraşa boşladi, «u özini boş qömondon sifatida yanada işonçliroq his qilmoqda».

Bundan taşqari, respublikaçi prezident Mettis demokrat bölişi mumkinligidan xavotir olmoqda.

Qolaversa, Oq uydagi yangi maslahatçi Mira Rikardel Mettis bilan ziddiyatlarga ega bölib, u ham mudofaa vazirining almaştirilişiga ta'sir körsatişi mumkin.

Mettis hozirda 68 yoşda bölib, uning oxirgi iş joyi AQŞ markaziy qömondonligi bölgan, u Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo uçun javob bergan. U bu lavozimda 2010-2013 yillar davomida işlagan.

Mettis harbiy xizmatni 1969 yilda AQŞ dengiz piyodasi korpusida boşlagan. 1991 yilda Fors körfazidagi uruşda, keyinroq Afğonistondagi operatsiyada iştirok etgan, 2003 yildan Iroqda diviziya boşliği bölgan. Keyin esa dengiz piyodasi korpusi rivojlanişiga javob bergan, birlaşgan kuçlar qömondonligini boşqargan. Mettis harbiy xizmati davomida «Quturgan it» laqabini olgan.

U 2017 yil yanvaridan buyon Pentagonni boşqarib kelmoqda.