Vazirlar Mahkamasining “Ösimliklar klinikalari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Ösimliklar klinikalarini taşkil etiş töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari:
bir oy muddatda va har yili 1 fevralgaça davlat-xususiy şeriklik şartlarida ösimliklar klinikalarini quriş, rekonstruksiya qiliş va jihozlaş uçun ajratilişi kerak bölgan yer uçastkalarini belgilaydilar, şuningdek, tasdiqlangan yer uçastkalari ma'lumotlari röyxatlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasiga taqdim etadilar.
Ösimliklar klinikalari faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, ösimliklar klinikasi yuridik şaxs tarzida yoki yuridik şaxsning tarkibiy bölinmasi (filiali) şaklida, şu jumladan, davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida taşkil etiladi.
Ösimliklar klinikalari faoliyatini taşkil etiş sohasida davlat-xususiy şeriklik şakllari quyidagi tarzda amalga oşiriladi:
davlat mulkining foydalanilmayotgan böş turgan obektlarini “nol” xarid qiymati böyiça sotiş;
davlat mulki obektlarining foydalanilmayotgan binolarini uzoq muddatga bepul foydalanişga beriş;
bitimda körsatilgan şartlarda quriliş, rekonstruksiya qiliş va jihozlaş uçun yer uçastkasi ajratiş.
Quyidagilar ösimliklar klinikalari faoliyatini taşkil etişda asosiy talablar hisoblanadi:
a) şu jumladan, zararsizlantiriş böyiça kamida tört nafar kişidan iborat otryadlar taşkil etiş hisobiga ösimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy işlov beriş xizmatlari körsatiş;
b) qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari va aholini ösimliklarni himoya qilişning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari, ösimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarşi kuraşiş böyiça vositalar, şu jumladan:
feromon tutgiçlar;
zararkunandalarga qarşi kuraşiş uçun biomahsulotlar;
gerbitsidlar, fungitsidlar, instektitsidlar, insektoakaritsidlar, nematotsidlar va biopreparatlar bilan ta'minlaş;
v) uzluksiz sotişni ta'minlaş uçun kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, priborlar va preparatlarning minimal assortimenti majburiy mavjud bölişi;
g) binolar va xonalarga qöyiladigan ekologik talablar, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qiliş;
d) zararkunandalar, kasalliklar va begona ötlarni aniqlaş uçun tegişli laboratoriya uskunasi, inventar mavjud bölişi, şuningdek, ösimliklarga işlov beriş uçun kimyoviy, biokimyoviy va biologik vositalarni tayyorlaş va qadoqlaş.
Ösimliklar klinikalarida mavjud bölişi majburiy bölgan kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, priborlar va preparatlarning minimal assortimenta röyxati Inspektsiya tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) bitimda nazarda tutiladi.
Ösimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy işlov beriş böyiça xizmatlar körsatiş, şuningdek, ösimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarşi kuraşiş böyiça qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari va aholini kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalar bilan ta'minlaş ösimliklar klinikalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ösimliklar klinikalari quyidagi funksiyalarni amalga oşiradilar:
keyinçalik sotiş uçun belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatlariga ega bölgan ösimliklarni himoya qilişning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalarini xarid qiladilar;
belgilangan tartibda ösimliklarni himoya qilişning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalarini saqlaşni, yöq qilişni ta'minlaydilar;
tegişli hududda ösimliklar karantini obektlari aniqlanişi hamda ösimlik dunyosi kasalliklari va zararkunandalari tarqalişi holatlari töğrisida Inspektsiyani xabardor qiladilar, Inspektsiyaning murojaati böyiça amaliyotda uçraydigan ösimliklar zararkunandalari va kasalliklari töğrisida axborot taqdim etadilar;
ösimliklarni himoya qilişning kimyoviy, biokimyoviy, biologik vositalari va mexanik vositalarini qöllaş va saqlaş böyiça aholiga bepul maslahatlar beradilar va axborot yordami körsatadilar;
ösimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy işlov beriş böyiça zarur xizmatlarni körsatiş uçun ösimliklar zararkunandalari va kasalliklar turlarini aniqlaydilar.
Ösimliklar klinikalarining faoliyatini, şu jumladan, davlat-xususiy şeriklik şartlaridagi klinikalar faoliyati monitoringini olib boriş Inspektsiya tomonidan amalga oşiriladi. Ösimliklar klinikalari faoliyati monitoringini olib boriş tartibi Inspektsiya tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) bitimda nazar da tutiladi.












