Bağdod tuman xalq ta'limi bölimi mudiriga yoqiş uçun qanday maqola yoziş kerak edi?
|02:30 / 18.09.201832 54711 min
Yana ham xalqimiz andişali, oriyatli. Rosa imkoniyatlari çeklanib qolganida ming istihola bilan OAVga murojaat qiladi.
KUN.UZ tahririyatiga kelgan arznoma böyiça muammoni örgangani boriş jurnalistlarning asosiy vazifalaridan. Axir kimdir atrofida insonlarga zarari tegayotgan kamçiliklarni körganida yoki tegişli idoralar öz vakolati doirasida faoliyat yuritmayotganida OAVga, muxbirga yuzlanadi. Vaziyatga çora izlaydi.
Murojaat örganiş va bu buyiça maqola yozişni öziga xos jihatlari bor. Öşa joyga borib masalani örganib, tahliliy material yozişga urinasiz. Kunduzi bilan asalaridek ma'lumot yiğib, keçasi hammayoq tinçiganida maqola yoziş jarayoni boşlanadi. Muxbirga iş vaqti belgilanmagan. U bu borada biror joyga şikoyat ham qila olmaydi. Çunki, kasbi şunday bölişni taqozo etadi. Bu “hunar”ni esa özi tanlagan.
Ertasiga maqola keng ommaga taqdim qilingaç, ta'sir jarayoni (deylik, reaksiya) boşlanadi.
Aytib qöyay! Tahliliy-tanqidiy materialni mutasaddilar ikki xil tuşunadi. Biri özi tomonidan qöyilgan kamçilikni tan olmaydi, jirillab-jirillab ölganini kunidan öşa muammoni bartaraf qiladi.
Eng yomoni muammoni hal qiliş örniga, birinçi örinda, öşa ariza yozib, “sotqinlik” qilgan odamni izlab, uni sindirişga harakat qiladi. “Toki boşqalar qaytib haqiqatni yozmasinlar!”
Boşqasi esa, masalani çuqur örganadi, xodimlarni yiğib çora-tadbirlar rejasini tuzadi. “Nega bunday böldi? Nega şu masalani e'tibordan çetda qoldirdik?”, degan savolni örtaga qöyadi. Muammoni hal qilgaç, imkon topsa öşa muxbirga: “Bir kelib, körib keting. Ijobiy özgarişlar qildik. Rejalarimiz bisyor”, deya aloqaga çiqadi. Xato-kamçilikni tan oliş esa mardning işi.
KUN.UZ naşrida ötgan bir oy içida e'lon qilingan ana şunday muammoli holatlar böyiça berilgan maqolalarimga deyarli bir xil javob oldik. Andijondagi suv muammosi böyiça berilgan tanqidiy materialni töğri tuşungan mutasaddilar uç kunda muammolarni hal qilib, tahririyatga çiqişdi. “Qani, kelib körib ketinglar!” deyişgaç borib material tayyorladik.
Andijon-Toşkent poyezdi haqidagi materialga “Özbekiston temir yöllari” AJ beş soatda reaksiya qildi
Mavzuga oid
.
“Andijon jahon bozoriga SES borib turarmikan?” sarlavhali materialdan söng esa mazkur bozorda juda keng kölamli işlar olib borilib, biotualetlar keltirildi.
Şu örinda mazkur maqolalar faqat aholi muammolari haqida yozilgan bölib, xalqqa foyda keltirgani aniq.
“Bağdodda nima gaplar?”
Tahririyatga Farğona viloyatining Bağdod tumanidagi 3-maktab binolari ayançli holatda ekanligi haqida fotosuratlar bilan “bezatilgan” murojaat keldi. Elektron maktubda maktabga mehmon bölib kelgan inson mazkur binolarni suratga olib bizga jönatgan ekan. Xunuk holatdagi tasvirlarga işonib-işonmay Farğonaga borib, ahvol undan-da yomon ekanligiga guvoh bölgaç, maqola va videomaterial tayyorladik.
Maqola e'lon qilindi va öquvçilar örtasida keng muhokamalarga sabab böldi. Hatto, köpçilik bu holatga işonmadi. Çunki, maktab binolari körinişi tabiiy ofat bölgan dekoratsiyani eslatar edi-da?! Ming afsuski, videotasvirlar va fotolar haqiqatdan sözlagan.
Maqoladan söng Bağdod tuman xalq ta'limi mudiri, hudud pedagoglari sardori Tölqinoy Tojiyeva aloqaga çiqdi. Bu haqda alohida gaplaşamiz.
Xalq ta'limi mudirasi nimadan norozi?
Tuman pedagoglari kattasi maqola e'lon qilingaç “Xolislik biryoqlamalik panasida qolmasin” degan munosabat yozib, KUN.UZ tahririyatiga yuborgan. Unda tahliliy maqola muallifi jurnalist E. Ermatov, ya'ni kaminani holatni “bir tomonlama, noxolis” yoritganlikda ayblaydi.
“.. internet naşri orqali şu yil 10 sentabr kuni e'lon qilingan “Bağdodda nima gaplar?” sarlavhali maqola Bağdod tumani xalq ta'limi bölimi rahbariyati tomonidan atrofliça örganib çiqildi. E'tirof etiş kerakki, muallif E. Ermatov maqolada tumandagi 3-umumiy örta ta'lim maktabida faollar va sport zalining bugungi ahvoli xususida söz yuritib, bunda tahsil olayotgan öquvçilarning orzu-öylari, umidlari haqida örinli xavotir bildirgan. Biroq muxbir murojaatni örganiş jarayonida, ayrim örinlarda, noxolis xulosalar qiladi”, deyiladi munosabatda.
Mutasaddi öz xatida, Bağdod tumanida ham ertamiz egalari bölgan yoş avlod ta'lim-tarbiyasiga, ularning zamonaviy qulayliklar va şart-şaroitlarda öqib-örganişlariga alohida e'tibor qaratilayotganiga, buning uçun davlatimiz tomonidan milliardlab mablağ sarflanayotganiga töxtalgan.
Maktubda: “Muxbir fuqaro murojaatini örganiş davomida bevosita bunga daxldor bölgan mutasaddilarni ham tinglaşi, tegişli hujjatlarga bir qur nazar taşlaşi lozim edi. Şundagina maqolada biryoqlamalik böy körsatmagan, xolislik ta'minlangan bölardi, bizningça”, deyilgan jumlalar ham bor.
Darhaqiqat, yurtimizda sönggi yillar davomida ta'limga berilayotgan e'tibor beqiyosdir. Endi 3-maktabdagi holatni örganişda “bevosita bunga, ya'ni ta'limga daxldor bölgan mutasaddilarni tinglamaganlik” aybloviga e'tibor qarataylik.
Murojaatdagi masalaga oydinlik kiritiş mobaynida töğridan-töğri umumiy ta'lim maktabiga bormadik. Farğona viloyati Bağdod tumaniga kelgaç, tuman hokimligi binosiga kirib tumanda ijtimoiy masalalarga mutasaddi bölgan tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Baxtiyorjon Xoldorov qabuliga kirdik. Çunki, tuman hokimidan söng hududdagi ijtimoiy sohaga mas'uliyat aynan mana şu mutasaddiga yuklatilgan. B. Xoldorov maktabga bizni boşlab bordi va vaziyatga oydinlik kiritişda birga böldi. Hokim örinbosari jarayon davomida tuman xalq ta'limi bölimi injyenerini ham çaqirtirdi.
Har ikki mutasaddi va öşa maktab direktorini aynan ta'limga daxldor deb bilib adaşmadik, çoği...
Maktabdagi holatni körib yoqa uşlab qolganimiz rost. Öşa joyga önta ta'limga daxldor şaxsni olib borganimizda ham xaroba holat haqida fikrimiz özgarmas edi.
“Tegişli hujjatlar bilan tanişmagan” degan iddao ham bor. Bizga bölim injyeneri hujjatlar töplanmasini taqdim qildi va biz uni suratga olib, undan maqolada foydalandik. Boşqa heç qanday hujjatlarni körmadik. Bizga körsatilgan hujjatda 3 maktabning 2019 yilgi manzilli Dasturga tavsiya qilingani haqida yozilgan edi. Yana uşbu maktabning sport zali 2008 yildan buyon Dasturga tuşiş uçun tavsiya qilinayotgani ham körsatib ketilgandi.
Maktab öqituvçilarining “Har yili Dasturga tuşadi deyişadi, lekin natija yöq!” deyişgani ham maqolada körsatib ötildi. Ular siz keltirgan, “Bu yil bölişi aniq!” va'dasini ön yildan beri eşitib kelayapti, axir? Siz maktubda: “Tegirmon navbati bilan” degan iborani keltiribsiz. Ön yilda ham navbati kelmagan tegirmon qanday böladi, hayronmiz.
Tahririyatga jönatilgan xatda – mazkur ziyo maskani 1993 yilda qurilib, foydalanişga topşirilgan. Lekin öşa davrda quriliş işlarining sifatsiz bajarilgani oqibatida faollar va sport zali 2008 yildayoq yaroqsiz holga kelgani haqida yozilgan. Şunça yillardan beri maktab hududida avariya holatidagi binolarning mavjudligi mutasaddilarni befarqligini bildirmaydimi?
Yana OAV ham maktabga ön yil keç qolib bordi! Ming qulflab, muhrlab taşlangani bilan maktab hududidagi ilma-teşik bölib yotgan “ötgan asr xarobalari”ga biror öquvçi kirib (bolalar aynan şunday joylarda öynaşni yaxşi köradi) mayib bölişi mumkin edi.
Şuni kutayotganmidik?!
Farğonadan qaçon olimpiada çempioni çiqadi?
Tölqinoy Tojiyeva maqolaga nisbatan munosabatni özi yozganiga şubham bor. Çunki, undagi mana bu sözlar meni hayron qoldirdi: “Iştiyoqi, ğayrat-şijoati yuqoriligi bois, sport zalining bugungi holati maktab öquvçilarining imkoniyatlarini çegaralab qöymayapti. Agar sportning qaysidir turida ğolib çiqiş uçun maxsus zal albatta lozim va şart bölsa, yaqindagina nihoyasiga yetgan XVIII Osiyo öyinlarida tumandagi 30-umumiy örta ta'lim maktabi sobiq bitiruvçisi Şohruh A'zamovning baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça musobaqa bronza medalini qölga kiritganini qanday izohlaş kerak?! Axir bu maktabda sportning mazkur turi bilan muntazam şuğullaniş uçun alohida suv havzasi mavjud bölmagan. Işonamizki, bu iştirokçidagi ğoliblikka taşnalik, vatanparvarlik hamda matonat raqiblarni mağlub etişda unga qöl kelgan”.
Demak, sport bilan şuğullaniş uçun sport zali zarur emas ekan! Menimça, boladagi iqtidorning ilk uçqunlarini maktabda jismoniy ta'lim öqituvçisi aniqlaydi va şakllantiradi. Bağdod tumani böyiça mavjud 50 dan ziyod maktabning 15 tasida yopiq sport zali yöq. Bu degani qişda muntazam sport maşğulotlari ötiş uçun imkoniyat yöq degani. Tuman xalq ta'limi mudirasining bunday fikrlaşi menda şubha uyğotdi.
Farğonada jahon çempionlari köpdan köp. Bektemir Meliqöziyev Rio olimpiadasida finalgaça yetib borgan. Farğona va Andijon bir-biriga juda yaqin hudud. Lekin, qöşni viloyatdan yetişib çiqqan Muhammadqodir Abdullayev, Hasanboy Dösmatov, Ruslan Nuriddinovlar ortidan minglab yoşlar intilmoqda. Ular ham sportdagi ilk saboqlarini maktab sport zalida olganliklari aniq. Şaroit bölmasa ham ğoliblikka taşnalik, vatanparvarlik bilan çempion böliş muşkul iş.
3-maktab öqituvçilariga bosim boşlanganmi?
Nima bölganda ham Bağdod tuman xalq ta'limi mudiriga munosabat uçun rahmat aytaman. Çunki, maqolaga e'tibor qaratibdi. Endi navbat maktablarga.
Yana bir gap. Maktab haqidagi maqola çiqqanidan söng intervyu bergan ikkita öqituvçiga bosim boşlanganidan ham xabarimiz bor. Aytişlariça, xalq ta'limi bölimi öquv dargohiga tezda “komissiya” jönatibdi. Ular jismoniy tarbiya öqituvçisi Dilobar Madaliyeva va Sarvar Haydarovlarni “alohida” tekşirib konspektlaridan ayb topişga ham urinişgan.
Bu harakatlarga tuşunmadik. Axir, tahririyatga ular arz qilmagan edilar. Mabodo, ular arz qilganda ham maktabning zali bu holatga tuşgani ayni haqiqat-ku? Öqituvçi jamiyatning ziyoli vakili. Bugungi kunda yurtimizda bölayotgan demokratik özgarişlar, matbuot erkinligini keng ommaga yoyadigan ham mana şu kasb egalaridir.