16 oktabr kuni Fransiya poytaxti Parij böylab piyoda sayr qilişingiz va birorta harakatlanayotgan avtomobilga közingiz tuşmasligi mumkin — şu kunning katta qismida avtomobil harakati töxtatiladi. Fastcompany’ning yozişiça, aksiya uçinçi bor ötkazilmoqda va uning mualliflari parijliklar va şahar mehmonlariga Parij böylab maşinasiz ham harakat qiliş mumkinligini körsatib, şaharni toza va xavfsiz qilişga öz hissalarini qöşişmoqçi.

Parij hokimiyati bir neça ön yillardan buyon rejaga köra şahar içida maşinalar sonini kamaytiriş ustida iş olib borişmoqda: 1990 yildan buyon şahar çegarasi içida avtomobillar soni 45 foizga kamayib, velosipedçilar soni 10 barobarga oşgan.

2017 yilda şahar 2024 yilga borib dizel avtomobillar taqiqlanişini e'lon qildi. Gazli avtomobillar 2030 yilga borib taqiqlanadi. Eski avtomobillarning hozir ham iş kunlari ertalab soat 8dan keçki soat 8gaça şahar markazida harakatlanişi taqiqlangan.

«Biz havoning ifloslanişi natijasida parijliklar olti oy umridan ajralişini bilamiz. Biz bu muammoni hal etmoqçimiz», — degan Parij meri muovini Seliya Blauel.

Avtomobildan voz keçişga qaror qilgan parijliklarga şahar hokimiyati 700 dollar miqdorida kompensatsiya tölaydi — uni velosiped xarid qiliş, jamoat transportida yuriş yoki karşeringdan foydalanişga sarflaş mumkin. Kiçik biznes egasi elektrda işlovçi yuk maşinasi yoki avtobus xarid qilsa, şahar hokimiyatidan 10 ming dollar olişi mumkin.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 15 sentabrida respublika hududida «Avtomobilsiz kun» aksiyasi ötkazildi. Bunday aksiya Özbekistonda endi har oyning uçinçi juma kunida doimiy ravişda ötkaziladi.