AQŞning elektrokarlar işlab çiqaruvçi Lucid Motors kompaniyasi Saudiya Arabistoni milliy farovonlik jamğarmasi (PIF) bilan 1 mlrd dollardan köproq sarmoya ajratilişiga kelişib oldi. Pullar Arizona ştatida zavod quriş va kompaniyaning ilk elektromobili Lucid Air’ni seriyali işlab çiqarişga yönaltiriladi.
Lucid Motors 2007 yilda Kaliforniyada Tesla va Oracle kompaniyalarining sobiq xodimlari tomonidan taşkil etilgan. Kompaniya Lucid Air’ni 2016 yilda, seriyaoldi prototipini esa 2017 yilda taqdim qilgan.
PIFֹ’ning Lucid Motors’ga sarmoya ajratişi haqida 2018 yil avgusti örtalaridan gapirala boşlangan. Bundan bir neça kun avval esa Tesla rahbari Ilon Mask PIF kömagida birjadan Tesla’ning aksiyalarini sotib olişga tayyorligini ma'lum qilgan. Keyinroq Mask kompaniyani birjadan olib çiqiş ğoyasidan voz keçib, buni sarmoyaçilar iltimos qilişgani bilan tuşuntirgan. PIF, şuningdek, Tesla’ning 5 foiz aksiyasiga egalik qiladi.












