Yevrokomissiya Apple tomonidan Irlandiyada tölanmagan soliqlar böyiça sud işini talab qilinayotgan summa töliq tölangandan keyin yopişga tayyorligini bildirdi. Bu haqda raqobat böyiça yevrokomissar Margrete Vestager ma'lum qildi.
“Bugun Irlandiya moliya vaziri Paskal Donoxo Apple tomonidan tölanmagan 14 mlrd yevrolik soliq töliq tölanganini tasdiqladi. Bu yaxşi yangilik. Endi biz sud taftişini yopişimiz mumkin”, deb aytgan Vestager.
Avvalroq Irish Times naşri Apple Irlandiya hukumati depozit hisob raqamiga oqlanmagan soliq imtiyozlari uçun kompensatsiya sifatida 14,3 mlrd yevro ötkazib berganini ma'lum qilgan. Ma'lum qilinişiça, uşbu summadan 13,1 mlrd yevro asosiy summani, 1,2 mlrd yevro esa foizni taşkil qiladi.
2016 yil avgust oxirida Yevrokomissiya tergov natijalariga köra, Irlandiya Apple’ga oqlanmagan soliq imtiyozlari taqdim qilgani haqidagi xulosaga kelgan. Buning natijasida mamlakat 13 mlrd yevro kam soliq olgan. AQŞ kompaniyasi uşbu imtiyozlar natijasida Irlandiyaga 2003 yildan 2014 yilgaça tölanmagan soliqni qoplab berişi kerak bölgan.












