9 sentabrdan Avstraliyada bir neçta mevalar partiyasidagi qulupnay hosili içida igna topila boşlandi. Bunday ilk holatlar Kvinslend ştatida qayd qilingan: bu yerda qulupnay yegandan keyin şifoxonaga tuşib qolgan mahalliy fuqarodan şikoyat olingan. U döstlari bilan boşqa qulupnaylarni tekşirib, ularning biridan yana bitta igna topgan.
Ignalar bilan boğliq yana ikkita hodisa haqida 17 sentabrda ma'lum bölgan. Viktoriya va Janubiy Yangi Uels ştatlaridagi supermarketlarda qulupnay tekşirilganda undan igna aniqlangan. Avstraliyaliklar ijtimoiy tarmoqlarda qulupnayni iste'mol qilişdan oldin uni kesib körişni yoki ignalar oğiz, tomoq va içki a'zolarga şikast yetkazmasligi uçun undan pyure tayyorlaşni tavsiya qilişmoqda.
Politsiya uşbu holat yuzasidan tergov boşlab, butun Avstraliyadan 7 ta işlab çiqaruvçi gumon ostiga tuşayotganini aniqlagan. Bu kompaniyalar mamlakatning aksariyat dökonlariga qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beradi va şu sababli barça 6 ta ştatga ogohlantiriş yuborilgan.
Kvinslend ma'muriyati qulupnaylarga igna tiqib qöyilişi haqida biror axborot berganlik uçun 100 ming Avstraliya dollari (72 ming dollar) tölaşga va'da bergan.
Politsiyaning fikriça, ignalar qulupnaylarga nafaqat birlamçi jinoyatçilar, balki ularga taqlid qilayotganlar tomonidan ham tiqib qöyilmoqda. Mahalliy aholi qulupnayni yuvayotganda undan ötkir tiğli buyumlar topilgani bilan boğliq bir neça hodisani ma'lum qilgan. Ba'zilar esa bunday buyumlarni banan va olmalarda aniqlaşgan. Şu sababli deyarli barça mevalarni yeyişdan oldin kesib köriş tavsiya qilinmoqda.
Mamlakatdagi aksariyat dökonlar qulupnay sotişdan boş tortmoqda. Avstraliyaning qulupnay yetiştiruvçilari uyuşmasi mahsulotlarni tekşiriş çoralari kuçaytirilgani, jumladan ignalarni aniqlaş uçun metall qidirgiçlar örnatayotganini ma'lum qilgan.
Tergov quyidagi taxminni bildirmoqda: fermerlardan biri şaxsiy sabablarga köra bir neçta qulupnay partiyasida ignalar yaşirib qöygan. Bu qulupnay esa mamlakatning istalgan şahriga yetkazilgan bölişi mumkin. Hozirça uşbu holat yuzasidan birorta gumonlanuvçi ma'lum qilinmagan. Ta'kidlanişiça, jinoyatçiga uşbu qilmişi uçun 10 yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin.












