Eksportbop qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş, ularni parvarişlaş, hamkorlar topib xorijiy davlatlarga ularni eksport qiliş ayni kunlarda Özbekiston olib borayotgan iqtisodiyotning dolzarb tamoyillaridan biri bölib turibdi. Joriy yilning bahor oyida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi 62-sonli qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 15 ming gektardan ortiq maydonga eksportbop aççiq qalampir köçatlari qadaldi. 

Eksportbop aççiq qalampirning yiğim-terim davri. Foto: BIG AGRO
Eksportbop aççiq qalampirning yiğim-terim davri. Foto: BIG AGRO

«Brand Investment Group» kompaniyalar guruhi haqida avval ham hikoya qilgan edik. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan taşabbuslar asosida agrar sektorni isloh qiliş, ekinlarni klaster usulida ekiş bilan şuğullanayotgan uşbu kompaniya bugun öz oldiga qöygan maqsadlariga erişdi. Şuni ma'lum qilib ötiş joizki, uşbu kompaniyalar guruhining turli viloyatlarda öz şö'ba korxonalari bor. Jumladan, Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanida faoliyat yuritayotgan BIG AGRO LEGUMES ham ana şunday şö'ba korxonalaridan biridir.

Aççiq qizil qalampirni quritiş davri. Foto: BIG AGRO
Qizil aççiq qalampirni oçiq maydonda quritiş davri. Foto: BIG AGRO

2017 yil kompaniya tomonidan tuzilgan biznes rejaga asosan aççiq qalampir yetiştiriş böyiça iş boşlandi. 2000 gektar maydonga bahorning mart oyi boşlarida Hindistondan Kayan gibridli nav olib kelib ekildi. Boşlangan katta işga, albatta, katta miqdorda işçi kuçi talab etilar edi. Bunga ham erişildi -  mart oyidan to avgust oyining söngiga qadar 3000-3500 nafar kişi kunlik, muntazam iş bilan ta'minlandi. Bu esa odamlarning qöşimça daromadli bölişlariga sabab böldi.