«BIG Agro» MÇJ hamda «Agrobank» hamkorlikda moliyalaştirilgan, Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumanining 2000 gektar maydonga ega dalalarida uruği Hindistondan keltirilgan aççiq qalampirni yetiştirişdek ulkan loyiha amalga oşirilmoqda. Bu haqda Kun.uz iş ketayotgan joydan reportaj ham uyuştirgan edi.

Bugungi kunda kayyen navli garmdori köçatlarini ekiş işlari nihoyalanay deb qoldi. 2000 gektar maydondan közda tutilgan hosil 10.000 tonna quritilgan aççiq qalampirni taşkil etadi.
Qalampir köçatlari şu tumandagi va qöşni tumanlardagi boşqa fermerlarga ham sotilmoqda. Ular ekib, ösimlikni undirib, hosilni yiğib berişadi, yetiştirilgan hosilni ham «BIG Agro» MÇJ xarid qiladi.

Fermer xöjaliklariga qalampir köçati berilgaç, «BIG Agro» MÇJ tomonidan ekiş, parvarişlaş böyiça mutaxassis jalb qilinadi. Kerakli mineral öğitlar va boşqa dori vositalari bilan ta'minlanişadi. Bundan taşqari, Hindistondan kelgan mutaxassis ikki haftada bir marta köçatlarning ahvolidan xabar olib, özining kerakli maslahatlarini berib turadi, — deydi «BIG Agro» MÇJ iş yurituvçisi Bobur Abdumavlonov.

Tayyor mahsulot qadoqlanib, Malayziya, Indoneziya, Şri Lanka, Hindiston va Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi.

Yetiştirilgan aççiq qalampirlar butun, bölaklangan va kukun holatida sotilişi rejalaştirilgan.

Loyihani amalga oşiriş natijasida valyuta tuşumi örtaça hisobda yiliga 25 million AQŞ dollari taşkil etadi.
Mahalliy aholi, asosan yoşlar ösimlikning vegetatsiya davrida doimiy asosdagi iş bilan ta'minlanadi. Ular qalampirni ekiş, parvariş qiliş, pişgan hosillarni yiğiştirib oliş, oftobda quritiş kabi işlarga jalb qilingan. Qalampir qizarib pişgandan söng uzib olinadi. Qariyb uç oy davomida hosil paydar-pay yiğib boriladi.











