Bugungi kunda Özbekistonda aççiq qalampir yetiştirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu bejizga emas, çunki jahon bozorida bu mahsulotga bölgan talab katta. Mutaxassislarning fikriça, aççiq qalampir serdaromad soha, yer tanlamaydi, köp mehnat talab qilmaydi. Xorij tajribasi asosida vaqtida suv berib, oziqlantirib borilsa, gektaridan 20 tonnagaça hosil oliş mumkin. Eng muhimi, jahon bozorida xaridorgir.
Mana şularni hisobga olgan holda Prezident Şavkat Mirziyoyev mamlakatda serdaromad, eksportbop bölgan aççiq qalampir yetiştirişni köpaytiriş böyiça körsatmalar berdi. Buning samarasi ölaroq 2018 yil 27 yanvarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublikada xorij tajribasi asosida aççiq qalampir yetiştirişni köpaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori çiqdi.

Xöş, qisqa davr içida bu sohada nimalarga erişildi? Közlangan maqsad va rejalarga erişildimi? Ayni kunlarda Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanida eksportbop aççiq qalampir yetiştirib, ilk tayyor mahsulotlarni Chili Spice brendi ostida Arab va Yevropa davlatlari hamda Rossiyaga jönatayotgan BIG AGRO kompaniyasining Eksportni rivojlantiriş departamenti boşliği Bobur Abdumavlyanov şular haqida gapirib berdi.
- Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan keng imkoniyatlar agrar sohani ham çetlab ötmadi. Haqiqatan ham talab yuqori bölgan qalampir yetiştirişda bugun izçil va şu bilan birga juda katta işlar qilinyapti. Buni Qaşqadaryoning Mirişkor tumanida faoliyat yuritayotgan BIG AGRO kompaniyasi faoliyati misolida ham köriş mumkin.
Bahor oyida qalampir uruğini Hindistondan olib kelib ekdik. Şu davlatdan taşrif buyurgan mutaxassislar bizga öz tajribalaridan kelib çiqqan holda yordam berişdi. Ayni kunlarda hosilni yiğib oliş va uni qayta işlaş jarayonlari ketmoqda.


Bobur Abdumavlyanov qalampir eksporti, xaridor topiş masalasiga ham töxtalib ötdi.
- Har qanday mahsulotni xorijga eksport qiliş oson iş emas. Avvalo, sifat va bozordagi raqobatga e'tibor qaratiş kerak. BIG AGRO kompaniyasi tomonidan Chili Spice brendi ostida tayyorlanayotgan mahsulotlarimizning sifatiga qattiq e'tibor qaratganmiz va unga innovatsion yondaşganmiz. Şu bilan birga biz yetiştirgan navga jahon bozorida talab yuqori.












