Eski haydovçilik guvohnomasi qanday qilib yangisiga almaştiriladi? Nega amaliyotda Davlat xizmatlari agentligi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarorida körsatilgan töliq bölmagan röyxatni taqdim etiş talab qilinadi? Norma şu haqda şarh e'lon qildi.
Bugungi kunda Toşkent şahrining Mirobod, Yunusobod, Uçtepa va Şayxontohur tumanlari, Döstlik, Pastdarğom, Sirdaryo, Çirçiq va Xonqa tumanlari, şuningdek Namangan, Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafşon, Şahrisabz, Qöqon şaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida eski namunadagi haydovçilik guvohnomalarini yangisiga almaştiriş mumkin.
Davlat xizmatlari agentligida xabar qilinişiça, uskunalar örnatilişi tugallangaç, boşqa markazlar ham haydovçilik guvohnomalarini almaştiriş bilan şuğullanadi.
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qaroriga muvofiq haydovçilik guvohnomalarini almaştiriş tartibi haqida ilgari yozilgan edi. Masalan, VMQda belgilanişiça, avtomototransport vositalarini oxirgi 12 oy içida boşqargan şaxslarning haydovçilik guvohnomalari tegişli imtihonlarsiz almaştirib beriladi. Mazkur dalil quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
• işlayotgan haydovçilar uçun – mehnat daftarçasidan köçirma yoki işlayotgan joyida unga biriktirilgan avtomototransport turi körsatilgan ma'lumotnoma (buyruqdan köçirma);
• şaxsiy avtomototransport vositalari haydovçilari uçun – ularga tegişli bölgan avtomototransport vositasining röyxatdan ötganligi haqidagi qayd etiş guvohnomasi;
• işonçnoma yoki ijara şartnomasi bilan avtomototransport vositasini boşqargan şaxslar uçun – avtomototransport vositasi röyxatdan ötganligi töğrisidagi guvohnoma va uni boşqariş uçun notarial idora tomonidan tasdiqlangan işonçnoma yoki ijara şartnomasi.
Biroq amalda Davlat xizmatlari agentligi xodimlari bunday tasdiqlar topşirilişini talab qilişmayapti, ular soddalaştirilgan sxemada işlayaptilar.

Buyurtmaçidan quyidagilar talab etiladi:
• sörovnomani töldiriş;
• eski haydovçilik guvohnomasi va talonni topşiriş;












