Yaponiyaning Tech Bureau Corp onlayn-birjasidan bir neça turdagi kriptovalyuta, şu jumladan, bitkoin öğirlandi. Jami yetkazilgan zarar miqdori 6,7 milliard iyena (taxminan 60 million dollar)ni taşkil etdi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

Kyodo ma'lumotlariga köra, onlayn-birjaga 14 sentabr, ötgan juma kuni buzib kirilgan. Şu bilan birga, agentlikning ta'kidlaşiça, bu holatda birja vakillari kamçilikni faqat tört kundan keyin aniqlaşdi.

Xabar qilinişiça, noma'lum şaxslar ikki soat davomida birjaga hujum qilişgan. Şu vaqt mobaynida ular bir neça turdagi kriptovalyutani öğirlaşdi. Ularning eng katta miqdori - 4,5 milliard iyena yoki 40 million dollar birja mijozlari depozitlari sifatida saqlangan.