KUN.UZ tahririyatining “Oçiq muloqot” loyihasi öquvçilarning köplab savollariga javob berişda va asosiy murojaatlarga ijobiy yeçim topişda kömaklaşib kelmoqda. Ana şu loyiha asosida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Muzaffar Saliyev bilan sohaga doir muammolar, ularning yeçimi borasida olib borilayotgan işlar va kelgusidagi maqsadlar haqida suhbatlaşdik.

- Xabaringiz bor, vazirligimiz 2017 yilning 18 aprel kuni prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan “Uy-joy kommunal xizmat körsatiş tizimini boşqarişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga asosan taşkil etilgan. Vazirlik taşkil etilgaç, soha mutaxassislari işlarni yanada çuqurroq örganişlari davomida biz bilgan muammolardan taşqari, boşqa muammolar ham borligini bildik. Xususan, eng katta muammolarimizdan biri şirkatlar faoliyati bilan boğliq holatlardir. Mazkur muammoni bartaraf etiş uçun, eng avvalo, şirkatlar faoliyati böyiça qabul qilingan qonunga özgartiriş kiritişni maqsad qilganmiz. Bunga asosiy sabab, ayni kunda faoliyat körsatayotgan şirkatlarimizni öz oldilariga qöygan qonuniy vazifalarni bajara olişmayotganidadir. Bundan taşqari, vazirligimiz qoşida şirkatlar faoliyatini nazorat qiluvçi inspeksiyamiz bor. Mana şu inspeksiya faoliyati yuzasidan ham mavjud qonunlarga özgartiriş kiritiş maqsadimiz bor.

Bundan taşqari, rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib çiqqan holda professional boşqaruv kompaniyalarini şirkatlar boşqaruviga tarğib qiliş böyiça ham rejali işlar olib borilmoqda. Biz Toşkent şahri, Olmazor tumanida faoliyat yuritayotgan şirkatlarni taftiş etganimizda, ularning 30 foizi kartotekada turganligini, istiqbolda ular öz faoliyatlarini yuritişlarida har-xil masalalar çiqişi mumkinligiga guvoh böldik. 

Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Muzaffar Saliyev

Vazirligimiz bundan 15 yil oldin öz faoliyatini tugatgan edi. Şu sabab tizimda turli muammolar yuzaga çiqib kelavergan, jumladan, kadr va mutaxassislar masalasida ham. Şu sabab kadrlar tayyorlaş masalasida ham tizimli işlar taşkillaştirganmiz. Misol sifatida aytib ötsam, Sirdaryo viloyatida Beşbuloq degan katta suv ombori bor. Mana şu obektga eng zamonaviy texnologiyalarni joylaştirganmiz, ularning qiymati 10 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Ammo masala şundaki, şu yerda işlaydigan, şu yerda örnatilgan zamonaviy texnologiyalarni tuşunadigan mutaxassislarning yetişmasligida, - dedi M.Saliyev.