2-mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotganlarga o‘qishni sirtqi ta'lim shakliga o‘tkazishga ruxsat berildi
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq oliy ta'lim muassasalari hamda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari inobatga olingan holda ikkinchi oliy ta'lim bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi ta'lim shaklida 3- va 4- kurslarda ta'lim olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga ko‘ra sirtqi ta'lim shakliga o‘tkazishga ruxsat berildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, bunda filologiya va tillarni o‘qitish (xorijiy tillar bo‘yicha, shu jumladan, rus tili), Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda) ta'lim yo‘nalishlari, shuningdek, tibbiyot oliy ta'lim muassasalari istisno ekanligi, oliy ta'lim muassasasi bo‘yicha har bir ta'lim yo‘nalishi kesimida (ta'lim tili) ariza topshirganlar soni 7 nafardan kam bo‘lgan holda talabalar sirtqi ta'lim shakliga o‘tkazish, aks holda rad etish belgilandi.
Kunduzgi ta'lim shaklidan sirtqi ta'lim shakliga o‘tkazilgan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori 2018/2019 o‘quv yilida 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar uchun bir xil etib belgilanadi.
Mavzuga oid
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
18:35 / 03.10.2024