Dunyodagi eng yirik internet-reteyler Amazon 2021 yilgaça 3 mingtaga yaqin dökon va fastfud nuqtalarini oçmoqçi. Ularda kassir va sotuvçilar bölmaydi, xarid esa smartfon uçun dastur yordamida amalga oşiriladi.  

AQŞda bunday Amazon Go dökonlaridan bir neçtasi faoliyat yuritmoqda. Uzoq davom etgan sinovlardan keyin ulardan birinçisi Sietlda, keyinroq şu şaharda yana ikkita va Çikagoda bitta şunday dökon oçilgan. Biroq ulardan faqat ikkitasida mahsulotlar sotiladi, qolgan ikkitasida faqatgina sendviç, salat va gazaklar taklif qilinadi. 

Dökonga kiriş uçun smartfonda dasturga ega böliş va uni maxsus öqiş qurilmasi oldiga olib boriş kerak. Xaridlar peştaxtalarda örnatilgan skanerlar yordamida nazorat qilinadi. Mahsulotni joyiga qöyib, undan voz keçiş mumkin. Xarid uçun pul esa dökondan çiqiş vaqtida hisob raqamdan yeçib olinadi.  

Yaqin kelajakda bunday tarmoqning oçilişi haqidagi yangilik AQŞning eng yirik savdo tarmoqlari aksiyalari narxi tuşişiga sabab bölgan: Walmart aksiyalari 0,6 foizga, Target’niki 1,5 foizga, Kroger’niki esa 3,1 foizga arzonlab ketgan.

Joriy yozda Bloomberg naşri Amazon egasi va asosçisi Jyeff Bezosni tarixdagi eng badavlat inson deb atagan. Uning boyligi 150 mlrd dollardan oşib ketgan. Unga qaraşli kompaniya kapitallaşuvi esa trillion dollardan oşgan.