Dubayning Emirates aviakompaniyasi raqobatçisi – BAA milliy aviakompaniyasi Etihad Airways‘ni öz nazoratiga olişi mumkin. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

Ikki yirik kompaniyaning birlaşişi dunyoda yölovçi taşiş hajmi böyiça eng yirik kompaniya hosil bölişiga olib keladi.

Manbalarning aytişiça, hozirda boşlanğiç bosqiçda bölgan muzokaralar davomida Emirates tomonidan Etihad’ning texnik xizmat körsatiş sohasidagi faoliyati saqlanib qolingan holda aviataşuvlar sohasidagi asosiy biznesini sotib oliş muhokama qilinmoqda. Biroq aviakompaniyalar bu “miş-mişlarni” rad etişmoqda.

Agar ikki kompaniya birlaşsa, unda qiymati böyiça AQŞning American Airlines Group Inc. kompaniyasidan yirikroq kompaniya vujudga keladi.

Bitim tuzilişiga BAAning ikkita boy amirligining ma'qullovi talab etiladi.

Ikki kompaniya yölovçilarni jalb qiliş böyiça doimo kuçli raqobat qilgan. Etihad 2017 yilda 1,52 mlrd dollar miqdorida ziyon körgan va Fitch Ratings mutaxassislarining prognoziga köra, 2022 yil oxirigaça ziyon körişda davom etadi.  

Emirates esa aksinça, 31 martda yakunlangan ötgan moliyaviy yilda sof daromadini 60 foizdan köproqqa – 4,11 mlrd dirxamgaça (1,12 mlrd dollar) oşirişga muvaffaq bölgan.