Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Allegri: «Yuventus» Ronalduga bog‘lanib qolgan emas»
«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriyaning 5-turi doirasidagi «Frozinone» klubi bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoasining bir o‘yinchiga bog‘lanib qolmaganini ta'kidlab o‘tdi.
«Ronaldu «Yuventus»ga ko‘p narsa berdi, buni uning o‘yinlaridan ham ko‘rib olish mumkin. Biroq jamoa unga bog‘lanib qolgan emas.
Krishtianudan ancha yuqori natijalarni kutishmoqda, ustiga-ustak uning o‘zi ham o‘ziga nisbatan juda talabchan. Vaholanki, u hech narsani isbotlashi shart emas. U, shunchaki, maydonga tushib o‘ynashi, o‘yinidan zavq olishi va gollar urishi lozim, xolos. Chorshanba kuni allaqachon ortda qolib bo‘lgan», - deb aytgan Allegri.
«Dibala ertaga maydonga tushishini tasdiqlashim mumkin. U – muhim o‘yinchi, ko‘p gollar urishi mumkin. Markaziy hujumchi sifatida ham to‘p sura oladi. Shunga qaramay, uning pozitsiyasiga bir qancha o‘zgarishlar kiritishim ehtimoldan xoli emas», - deya qo‘shimcha qilgan «Yuve» ustozi.
«Frozinone» - «Yuventus» uchrashuvi ertaga, 23 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026