Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga fuqarolardan jami 24 ming 59 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning barchasi mas'ul xodimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Murojaatlardan 7 ming 627 tasi qanoatlantirilgan, 1 ming 743 ta murojaat bo‘yicha mualliflarga tegishli tartibda tushuntirish berilgan bo‘lsa, 870 ta murojaat hozirda qo‘shimcha o‘rganilmoqda. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIB Matbuot xizmati

Hozirgi kunda sayyor qabullar odamlarning dardini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni, joylardagi kamchiliklarni aniqlash va joyida hal etishda muhim omilga aylandi.

Joriy yilning 8 oyi davomida viloyat IIB mas'ul rahbar xodimlarining shaxsiy hamda sayyor qabullarida umumiy 3 ming 34 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan.

Foto: IIB Matbuot xizmati

Shuningdek, Andijon viloyat IIB boshlig‘ining Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Bo‘z, Ulug‘nor hamda Baliqchi tumanlarida sayyor qabullari o‘tkazilib, unda 334 ta murojaat tinglanib, barchasiga ijobiy yechim topilgan.