Apple kompaniyasi iOS 12 operatsion tizimiga qönğiroqlar va elektron yozişmani kuzatib boriş imkoniyatini yaşirinça kiritib qöydi. Yangi ilova iTunes virtual dökonda maxfiylikka rioya etiş qoidalarida paydo böldi, deb xabar beradi The Independent.
Naşrning yozişiça, Apple foydalanuvçilar işonçini baholaş uçun ma'lumotlarni töplaşga kirişadi. Uşbu uslub firibgarlardan akkauntni himoya qiliş hamda sotib olişni haqiqatdan ham real odam amalga oşirayotganini aniqlaş imkonini beradi.
Kompaniyaning bildirişiça, şaxsiy ma'lumotlarga kiriş imkoniga ega bölmaydi. «Ma'lumotni taqdim etiş şunday tarzda amalga oşmoqdaki, bunda Apple qurilmangizning uşbu körsatkiçlari haqida ma'lumotga ega bölmaydi. Çeklangan vaqt davomida ma'lumot bizning serverlarimizda saqlanadi», - deyiladi hujjatning yangilangan versiyasida.
iOS 12 17 sentabr kuni çiqarildi. Iyun oyida yangilangan operatsion tizimning beta-versiyasi paydo bölib, uni istalgan foydalanuvçi örnatişi mumkin edi. Yangilanişlarning aksariyati tezroq harakat qiliş va işni optimallaştirişga boğliq. Bundan taşqari, har hafta smartfon foydalanuvçi ilovalarda qança vaqt sarflanganini körsatadigan foydalaniş jadvalini tuzib çiqadi hamda smartfonni işlatiş vaqtiga çeklov örnatişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Apple ramkasiz ekranli yangi Apple Watch Series 4’ni taqdim etgandi.












