“Haj”ga boriş uçun fuqaro doimiy yaşaş joyidagi mahalla yiğiniga ariza hamda pasporti nusxasini taqdim etadi.

“Haj”ga borişga nomzodlar navbatga qöyilişidan avval har oyning 5 sanasidan keç bölmagan muddatda suhbatdan ötkaziladi va saralanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali. 

Nomzodlarga quyidagi talablar qöyiladi:

moddiy va jismoniy jihatdan Hajga qodir bölişi; 
Haj amallarini töğri va töla-tökis ado etişi uçun yetarli diniy bilimga ega bölişi;
oldin Hajga bormagan bölişi; 
voyaga yetgan bölişi;
ma'naviyati, ma'rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e'tiborga ega bölişi;
oilasidagi muhitning soğlomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanişi, mahalladagi muhitni yaxşilaşda ibrat böla olişi; 
yöldan adaşganlarning ijtimoiy moslaşuviga yordam berişi;
mahalladagi xayriya tadbirlarida iştirok etişi. 

45 yoşgaça bölgan ayollarning Hajga faqat mahramlari (eri, otasi, öğli, akasi, ukasi va h.k.) bilan birga borişiga yöl qöyiladi.

Nomzodlar röyxati tegişli hududdagi masjid va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari binolarida e'lon qilinadi.

Röyxat böyiça navbati kelgan fuqarolar Hajga jönaşdan kamida bir oy oldin yozma şaklda poçta orqali xabardor qilinadi.