Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida Xorijiy tijorat taşkilotlarining Özbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qiliş tartibi va ularning faoliyati töğrisidagi nizom loyihasi joylaştirilgan.
 
Bu 2000 yilda qabul qilingan hujjatning yangi versiyasi. Norma ikkalovi: amaldagi va taklif etilayotgan versiyani soliştirma tahlil qildi.
 
Birinçidan, loyihada xorijiy firma akkreditatsiya qiliş uçun Investitsiyalar böyiça davlat qömitasiga taqdim etadigan arizaning mazmuni aniqlaştirilgan. Ya'ni arizada aks ettirilişi lozim bölgan uning faoliyati töğrisidagi ma'lumotlar röyxati keltirilgan:
 
• töliq nomi va kelib çiqqan mamlakati;
• taşkilotning tarixi: asos solinganligi yoki ilk bor davlat röyxatidan ötkazilganligi haqida axborot, rivojlaniş bosqiçlari, sönggi davlat röyxatidan ötkaziş sanasi, joyi va raqami;
• taşkiliy-huquqiy şakli;
• mulkçilik şakli (xususiy, ommaviy yoki boşqa);
• boş ofisning poçta manzili;
• ustav fondi miqdori haqidagi ma'lumotlar;
• xizmat körsatuvçi bank töğrisidagi ma'lumotlar;
• telefon, telefaks, elektron manzili;
• xorijiy firma rahbariyati haqidagi ma'lumotlar: F.I.O., tuğilgan yili, fuqaroligi, lavozimi, qisqaça tarjimai holi va h.k.;
• band bölganlarning (xodimlarning) umumiy soni;
• faoliyat predmeti/turlari;
• sönggi moliya yilidagi sotiş hajmi/oboroti/tovar oboroti (eksport va import);
• oborotdagi faoliyat turlarining foizli uluşlari;
• işlab çiqariladigan mahsulotlar, realizatsiya qilinadigan tovarlar, körsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi;
• mulkdorlar (rahbarlar, muassislar, aksiyadorlar va h.k.) haqidagi ma'lumotlar;
• asosiy bölinmalar: şu'ba korxonalar, filiallar, vakolatxonalar, ularning manzillari va faoliyati;
• savdo markalari, köçmas mulkka egalik qiliş, işlab çiqariş quvvatlari va transport vositalari mavjudligi haqidagi ma'lumotlar.
 
Bundan taşqari, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar soni ortadi. Noturar joy mulkdorining (Özbekistonning yuridik yoki jismoniy şaxsi) uni vakolatxonaga ijaraga beriş yoki realizatsiya qilişga tayyorligini tasdiqlovçi kafolat xatini qöşiş taklif etilmoqda (xorijiy yuridik şaxs bilan şartnoma tuziş haqida söz borayotgan körinadi, sababi vakolatxona yuridik şaxs hisoblanmaydi). Xatda ijaraga beriş yoki realizatsiya qiliş şartlari va muddatini körsatişga töğri keladi. Kafolat xatini ijaraga oluvçi ham berişi mumkin, biroq u mulkdor bilan kelişilgan bölişi kerak.