Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özagrokimyohimoya” AJ korxonalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va moliyaviy soğlomlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi «Paxta xomaşyosi va boşoqli don yetiştirişni moliyalaştiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3574-sonli qaroriga muvofiq, davlat buyurtmasi böyiça qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştiruvçi fermer xöjaliklarining 2018 yil 1 yanvar holatiga moddiy resurslar yetkazib beruvçi va xizmat körsatuvçi taşkilotlar oldidagi kreditor qarzdorliklarining tölov muddati 3 yilga uzaytirilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 149-sonli qarori talablariga muvofiq davlat ehtiyojlari uçun yetiştirilayotgan paxta va ğalla hosilini yetiştiriş xarajatlarini moliyalaştiriş uçun ajratilayotgan mablağlar maqsadli ravişda oldindan tölovlarga yönaltirilganligi sababli hududiy “Agrokimyohimoya jamiyatlarining 2018 yilga qadar paydo bölgan kreditor qarzdorliklarini, jumladan byudjyet va davlat maqsadli jamğarmalari oldidagi boqimanda qarzlarini söndiriş imkoni mavjud emasligini hamda “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlarini davlat tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlaş hamda ularni moliyaviy-iqtisodiy soğlomlaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi, “Özagrokimyohimoya” AJ hamda boşqa tegişli vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olib hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlarining 2018 yil 1 sentabr holatiga byudjyet va davlat maqsadli jamğarmalari oldidagi qarzdorliklari 1-ilovaga muvofiq hamda “Navoiy Azot” AJ korxonasi oldidagi qarzdorliklari 2-ilovaga muvofiq tölov muddatini 2021 yilga qadar uzaytiriş hamda ularga nisbatan hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan çiqariş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.
2. Davlat soliq qömitasi va boşqa tegişli vazirlik va idoralar “Özagrokimyohimoya” AJ bilan birgalikda hisoblangan penya va jarimalarni hadma hisoblangan davlat bojlari, ijro yiğimlarini hisobdan çiqaradi.
3. Belgilab qöyilişiça, tölov muddati uzaytirilgan qarzdorliklar 2021 yil 1 yanvaridan har oyda teng uluşlarda tölab boriladi.












