Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Binali Yildirim boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonda rasmiy uçraşuvlarda iştirok etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

24 sentabr kuni yuqori darajali mehmon Özbekiston Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov hamda Adliya vaziri Ruslan Davletov bilan birgalikda Toşkent şahridagi “Özekspomarkaz“da  taşkil etilgan tadbirda iştirok etdi. Uşbu tadbirda Turkiya Respublikasi Özbekistonga 50 dona tez yordam maşinasi va 20 dona mobil ofis avtobusi taqdim etdi.

Tadbirda söz olgan Binali Yildirim Özbekiston va Turkiya örtasidagi ikki tomonlama özaro döstlikka asoslangan munosabatlarning rivojlanib borayotganini alohida ta'kidlab ötdi.

«Özbekiston Turkiya munosabatlarida sönggi ikki yilda, 2016 yildan beri bölgan davrda ijobiy özgarişlar bor. Şavkat Mirziyoyevning davlat tepasiga kelişi natijasida Özbekistonning ham taşqi siyosatida, ham Turkiya bilan munosabatlarida yangiça köriniş oldi. Biz Özbekiston bilan aloqalarimizni tarixda bölganday, eng yuqori saviyalarga çiqarişni maqsad qilganmiz. Çunki ilm-fanning, tafakkurning öçoği bölgan Özbekiston zamini – Buxoro, Samarqand, Toşkent va boşqa göşalar – Turkiya uçun juda katta ahamiyatga ega», deydi Binali Yildirim.

Anjuman yakunida Janob Yildirim tez yordam maşinalari ramziy kalitini Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovga, mobil ofis avtobuslari ramziy kalitini esa Adliya vaziri Ruslan Davletovga tantanali ravişda topşirdi.