Porsche kompaniyasi dizel dvigatelli avtomobillardan voz keçadi. Bu haqda Porsche kompaniyasining ijroçi direktori Oliver Blyum Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi
Blyum sözlariga köra, avtomobilsoz benzin dvigatelli, gibrid dvigatelli, 2019 yildan boşlab esa elektromobillarga asosiy e'tibor qaratadi.
Avvalroq, Blyum dizel mojarosi Porsche obrösiga katta putur yetkazganini aytgan edi.
«Dizel mojarosi bizga juda köp muammo keltirib çiqardi», — dedi Blyum.
2015 yili AQŞ atrof muhitni muhofaza qiliş Agentligi Volkswagen avtokonsernini dizel avtomobillarga zararli moddalar çiqitini kamaytirib körsatuvçi dastur ta'minotini örnatganlikda ayblagan edi.
Ötgan yili Germaniya transport vazirligi Porsche avtomobillarida ham noqonuniy dastur borligi aniqlanganini e'lon qildi. Natijada, kompaniyaga uç litrli dizel dvigateliga ega 22 mingta Cayenne avtomobilini qaytarib oliş majburiyati yuklandi.











