Vazirlar Mahkamasining 15.09.2018 yildagi 734-son qarori bilan ösimliklar klinikalarini taşkil etiş tartibi tasdiqlandi.
Norma’ning yozişiça, quyidagilar ösimliklar klinikalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
• ösimliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy işlov beriş böyiça xizmatlar körsatiş;
• ösimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarşi kuraşiş böyiça qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari va aholini kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalar bilan ta'minlaş.
Ösimliklar klinikasi yuridik şaxs tarzida yoki yuridik şaxsning tarkibiy bölinmasi (filiali) şaklida, şu jumladan, davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) şartlari asosida taşkil etiladi. DXŞ loyihalarida iştirok etiş tadbirkorga biznesni eng manfaatli şartlarda boşlaş imkonini beradi.
Xususiy şeriklar tanlov asosida aniqlanadi. Tanlovni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasining Davlat-xususiy şeriklikka nomzodlarni tanlaş böyiça komissiyasi ötkazadi.
Tanlov töğrisidagi barça axborotni davlat tomonidan şerik - Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasining rasmiy saytidan oliş mumkin. U yerda tanlovlar, şartlar va ularni ötkaziş sanalari töğrisida axborot e'lon qilinadi. Şuningdek, saytda iştirok etiş uçun arizani rasmiylaştiriş va tanlov natijalarini biliş mumkin.
DXŞ töğrisida bitim tuzişga talabgorlik qiluvçi nomzod öz nomzodini körib çiqişda Komissiya majlisida iştirok etiş huquqiga egadir. Nomzodlar komissiya işida iştirok etişga taklif qilinadilar.
Xususiy şerikning arizasi körib çiqilganligi uçun EKIHning 1 baravari miqdorida yiğim undiriladi va u davlat tomonidan şerikning maxsus hisob raqamiga ötkaziladi.
Saralaşdan ötiş uçun nomzod quyidagilarga ega bölişi zarur:
• yuqorida belgilangan vazifalar doirasida töliq hajmda xizmatlar körsatiş imkoniyatini taqdim etadigan tegişli moddiy-texnik baza, tovar zaxirasi va aylanma mablağlar mavjudligi;
• zararkunandalar, kasalliklar va begona ötlarni aniqlaş, şuningdek, ösimliklarga işlov beriş uçun kimyoviy, biokimyoviy, biologik vositalarni qadoqlaş uçun tegişli laboratoriya uskunalari, inventarning mavjudligi;












