Özbekistonda barça provayderlar uçun xalqaro tarmoqlarga bevosita kirişni erkinlaştiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda davlat rahbarining tegişli farmonida aytiladi.
Prezident Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga 2020 yil 1 yanvargaça «barça operatorlarga xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga bevosita ulanişni erkinlaştiriş imkonini beradigan» normativ huquqiy hujjatni tayyorlaş vazifasini topşirdi. Bu «foydalanuvçilarga Internetdan foydalaniş narxini pasaytiriş» imkonini beradi.
Bundan taşqari, Özbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlarning eksport uluşini 2021 yilga qadar umumiy hajmdan 4 foizga oşirişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq prezident AKT vazirligi rahbariyati işdan olinişini izohlagandi.
«Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barça sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi. Yil boşida uşbu muhim sohani rivojlantiriş böyiça belgilab berilgan köplab vazifalar ijrosi töliq ta'minlanmadi. Tarmoqqa investitsiya jalb etiş, xizmatlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni eksport qiliş ahvoli bizni umuman qoniqtirmaydi. Şuning uçun vazirlikning rahbariyatini özgartirişga majbur böldik. Yangi vazir va uning örinbosarlari bundan tegişli xulosa qilib, öz işlarini mutlaqo boşqaça tarzda taşkil etişlari lozim. Mavjud muammolarni tezroq bartaraf etiş va tarmoqni tubdan rivojlantiriş, jalb etilayotgan investitsiyalar va eksport hajmini keskin köpaytiriş, eng muhimi, qisqa davrda tizimda sezilarli ijobiy özgarişlarni ta'minlaş kerak», – degan prezident.
Joriy yilning iyul oyi boşlarida AKT vazirligi internet tezligini 1 Tbit.ga yetkazişni rejalaştirayotgani ma'lum qilingandi.
8 avgust kuni esa Şuhrat Qodirov «Özbektelekom»ga rahbar etib tayinlangan edi. Uşbu lavozimni mart-avgust oylari davomida egallagan Farhod Röziyev tijorat direktori lavozimiga ötkazildi.













