Joriy yilning 2 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Azim Axmedxöjayev raisligida vazirlik Hay'at kengaşining yiğilişi bölib ötdi. Unda 2018 yilning 1- yarim yilligida axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarining rivojlaniş holati, şuningdek sohaga xorijiy sarmoyalarning jalb etilişi va investitsion loyihalarning amalga oşirilişi sarhisob qilindi.

«Hay'at yiğilişida joriy yil boşidan bugungi kunga qadar yurtimiz böylab 690 km optik tolali aloqa tarmoqlari yotqizilgani, mobil operatorlarning 1004 ta baza stansiyalari örnatilgani, ularning 483 tasi 3G hamda 4G LTE texnologiyasida xizmat körsatişi qayd etildi. Ayni kunda yurtimiz böylab 24,5 ming km optik tolali aloqa tarmoqlari ötkazilgan, jami 20,994 ta baza stansiya örnatilgan», - deyiladi Axborot xizmati tarqatgan xabarda.
Ma'lum qilinişiça, vazirlik taşabbusi bilan sohaga sarmoya va sarmoyadorlarni jalb qilişga möljallangan maxsus portal faoliyati taşkil qilinmoqda. Unda mamlakatning AKT salohiyati, mavjud imkoniyat va qulayliklar, hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar, istiqboldagi rejalar, xorijlik investorlarni qiziqtirişi mumkin bölgan investitsion muhit töğrisida ma'lumot keltiriladi.
Hay'at kun tartibiga köra, sohaning joriy yil I çoragidagi rivojlaniş holati sarhisob qilindi. Unga köra sohada xizmat körsatiş kölami ötgan yilning şu davriga nisbatan 118,9% ga oşgan. Xalqaro internet kanallariga ulaniş tezligi sekundiga 140,034 Gbit.ga etgan, ya'ni, 2018 yilning boşiga nisbatan 1,5 barobar oşgan (yil boşida 94,034 Gbit/s). Şuning bilan birga, internet provayderlar uçun xalqaro internet kanallariga ulaniş narxi özgarişsiz qolgan – 244985 sömni taşkil qilmoqda.

Hay'at yiğilişida asosiy e'tibor joriy yilda amalga oşiriş rejalaştirilgan vazifalarga qaratildi. Xususan:
- xalqaro tajriba va rivojlaniş tendensiyalarini hisobga olgan holda 2018-2021 yillarda «elektron hukumat»ni rivojlantiriş böyiça strategiyani işlab çiqiş;
- MUIC a'zolari tomonidan körsatilayotgan xizmatlar uluşini 2 hissa, eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmini 1,8 barobar oşiriş;












