Vengriya Taşqi işlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto Budapeşt Kiyevning harakatlariga xuddi özidek javob qaytarişi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Origo xabar bermoqda.
Siyyartoning sözlariga köra, Ukrainada bölajak saylovlar tufayli Vengriyaga qarşi kayfiyatlar kuçayişi yuz berdi.
«Agar Ukraina tomoni Vengriya konsulini çiqarib yuboradigan bölsa, bu Vengriya tomonidan proporsional javobsiz qolmaydi», - deya ta'kidlab ötdi Siyyarto.
Uning qöşimça qilişiça, voqealarning bunday rivojidan qoçişga umid ham bordir.
Avvalroq, Vengriya hukumati Ukrainaning Yevroittifoqqa integratsiyasini «pasport janjali» fonida susaytiriş bilan tahdid qildi. Vengriya vaziri siyosiy maqsadda Vengriya fuqaroligini beriş haqidagi ma'lumotdan foydalanişni nodöstona akt, deb atagan. Şuningdek, Siyyarto YeIda ikkita fuqarolik amaliyotiga normal deb baho berdi va Ukraina Yevroittifoq hamda NATOga kiriş borasida jiddiy kayfiyatda ekanligiga şubha bildirdi.













