Ukraina va Xitoy 24 sentabr, duşanba kuni Ukraina tomonining beğaraz yordam olişi töğrisidagi memorandumni imzoladilar. Bu haqda Ukraina soğliqni saqlaş vaziri vazifasini bajaruvçi Ulyana Suprun feysbukdagi sahifasida yozgan.

Imzolangan hujjat doirasida Ukraina zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan 50ta tez tibbiy yordam avtomobilini oldi. Ta'kidlanişiça, oltita avtomobil Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiyaga beriladi, qolganlari esa Ukrainaning turli hududlariga yuboriladi.

«Ukraina hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi örtasidagi hamkorlikda tez tibbiy yordam brigadalarini jihozlaş böyiça tibbiy asbob-uskunalarga oid loyihaning amalga oşirilişi navbatdagi qadamga aylandi. Kelişuv doirasida Ukraina 3,5 million dollarlik qiymatdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlangan 50ta tez tibbiy yordam maşinasini oldi», - deya yozadi Suprun.

Şuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Du Veyning ta'kidlaşiça, tez yordam avtomobillari Ukraina tomonidan 2016 yilda imzolangan kelişuv asosida qabul qilib olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Ukrainaning Rossiya bilan kuraşdagi örni haqida gapirgandi.