Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasini qurmoqchi
Hindistonning Shapoorji Pallonji kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasini qurish masalasini o‘rganmoqda.
O‘zbekiston 24 telekanalining «Tahlilnoma» ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, kompaniya uchun O‘zbekistonda quvvati 50 dan 100 MVt.gacha bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish qiziqdir.
Hozirda hind kompaniyasi quyosh elektr stansiyasi joylashadigan ehtimoliy joylarni, ushbu sohada taqdim etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlarini, elektr energiyasini sotish bo‘yicha shartnoma muddatini, jalb qilinadigan moliyaviy vositalarga nisbatan davlat yoki suveren kafolatlar berish shartlarini o‘rganib chiqmoqda.
Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida quyosh elektr stansiyasi qurilishi uchun potensial hududlar mavjud.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026