Pensiya yoşini oşirişni nazarda tutuvçi farmon loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Toşkentdagi qurilişlar hududiy tizimlarni ortiqça zöriqtirmasligi kerak, dedi Saida Mirziyoyeva şu mavzuga bağişlangan yiğilişda. Bank kartasining bloklaniş sababini aniqlovçi tizim joriy etildi. Suyultirilgan gaz taʼminotida yangi tartib joriy etiladi. Buxoro viloyatidagi neft omborida yonğin röy berdi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Pensiya yoşini oşirişni nazarda tutuvçi farmon loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi

«Aholi farovonligini taʼminlaş va pensiya taʼminoti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Farmonga köra, 2028-yil 1-yanvardan boşlab pensiya yoşini har yili 3 oyga oşirib borgan holda 2039-yilda erkaklar uçun 63 yoşga va ayollar uçun 58 yoşga yetkaziş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, 2028-yil 1-apreldan boşlab birinçi marta pensiya tayinlaşda iş haqining yuqori çegarasi pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga oşiriladi.

Loyiha muhokamasi 30-sentabrgaça davom etadi.

Toşkentdagi qurilişlar hududiy tizimlarni ortiqça zöriqtirmasligi kerak – Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkentni yanada qulay şaharga aylantiriş böyiça loyihalar bilan tanişdi. Şahar mutasaddilari bilan ötkazilgan yiğilişda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tuşayotgan katta yuk, şuningdek, elektr va suv taʼminoti bilan boğliq muammolar muhokama qilindi.

«Birgalikda yeçim topişimiz kerak bölgan masalalar talaygina - muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tuşayotganidan tortib, elektr hamda suv taʼminoti muammolarigaça. Yangi qurilişlar şaharni rivojlantirişga xizmat qilişi, qöşimça nomutanosiblik keltirib çiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqça zöriqtirmasligi kerak», dedi u.

Saida Mirziyoyeva şu bilan birga, Toşkentni aholi va şahar mehmonlari uçun yanada qulay, körkam, ozoda va xavfsiz qilişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirayotgan biznes vakillari qöllab-quvvatlanişini bildirdi.

Bank kartasining bloklaniş sababini aniqlovçi tizim joriy etildi

Markaziy bank, tijorat banklari, tölov taşkilotlari va tölov tizimi operatorlari örtasida InfoCards axborot almaşinuvi tizimi joriy etildi. Uşbu tizim bank kartasining qaysi huquqni muhofaza qiluvçi organ tomonidan, qaçon va qanday sababga köra bloklanganiga oid maʼlumotlarni tezkor aniqlaş imkonini beradi.

Endi fuqaro buning uçun Markaziy bankka murojaat qilişi talab etilmaydi. Karta egasi öziga xizmat körsatuvçi tijorat banki bilan boğlanişi kifoya. Bank InfoCards tizimi orqali tegişli maʼlumotlarni aniqlab, kartaning bloklaniş sababi yuzasidan tuşuntiriş beradi.

Mazkur tizim fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş jarayonini soddalaştiriş, ortiqça ovoragarçilikni kamaytiriş hamda bank xizmatlaridan foydalanişda tezkorlik va şaffoflikni oşirişga xizmat qilişi taʼkidlanmoqda.

Suyultirilgan gaz taʼminotida yangi tartib joriy etiladi

Prezidentning «Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş tizimini isloh qiliş va bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş sohasidagi funksiyalarni ixtisoslaştiriş, faoliyatning moliyaviy şaffofligini taʼminlaş va bozor mexanizmlarini joriy etiş maqsadida «Hududgaztaʼminot» AJ taʼsisçiligida LPG-Trade MÇJ taşkil etiladi.

Aholi ehtiyojlari uçun suyultirilgan gaz taʼminoti tizimiga xususiy sektor ham bosqiçma-bosqiç jalb qilinadi. Bu orqali sohada raqobat muhitini şakllantiriş közda tutilgan. Şu bilan birga, suyultirilgan gaz taʼminotidagi kross-subsidiyalaş amaliyoti bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi. Islohotlarni amalga oşiriş jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari davlat tomonidan moddiy jihatdan qöllab-quvvatlanadi.

Buxoro viloyatidagi neft omborida yonğin röy berdi

Buxoro neftni qayta işlaş zavodiga qaraşli Qorovulbozor neft saqlaş omborida röy bergan yonğin oqibatida uç kişi jarohatlandi.

FVV xabariga köra, 15-sentabr kuni Qorovulbozor neft mahsulotlarini saqlaş omboridagi rezervuarda yonğin sodir bölgani töğrisida xabar kelgan. Qutqaruv bölinmalari hodisa joyiga yetib borib, yonğinni öçirgan. Yonğinni bartaraf etişga 14 ta qutqaruv bölinmasi jalb etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, ombordagi yoqilği rezervuari yonib zararlangan. Yonğin oqibatida 3 kişi turli darajadagi kuyiş tan jarohati olib, Qoraköl tumani tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.