Amerika harbiylari kosmik fazoni nazorat qiliş uçun möljallangan qurollarni yer atrofidagi orbitaga olib çiqişdi. Bu haqda AQŞ Harbiy-havo kuçlari vaziri Troy Meynk maʼlum qildi, deb xabar berdi Air & Space Forces.
«Biz qayerda paydo bölişidan qatʼi nazar, özgaruvçan tahdidlarga tayyorlikni taʼminlaşda davom etamiz. Şuning uçun AQŞ endi koinotni nazorat qiliş uçun orbitada joylaştirilgan, qurolli kuçlarimizni duşman harakatlaridan himoya qila oladigan qurollarga ega», - dedi Meynk AQŞ havo va kosmik kuçlari assotsiatsiyasi konferensiyasida.
Naşrning taʼkidlaşiça, bu Amerika rasmiy vakili AQŞ bevosita orbitada joylaştirilgan qurolga ega ekanini oçiqçasiga tasdiqlagan birinçi holatdir. Şu bilan birga, vazir aynan qaysi qurol haqida gap ketayotganini oşkor qilişdan boş tortdi.
AQŞ avvalroq Rossiyani koinotda boşqa sunʼiy yöldoşlarga tahdid solişi mumkin bölgan tizimlarni joylaştirganlikda bir neça bor ayblagan. 2024-yilda Vaşington Rossiya boşqa kosmik apparatlarga hujum qilişi mumkin bölgan sunʼiy yöldoşni orbitaga çiqarganini maʼlum qildi. Şunda Amerika hukumati Rossiya koinotga yadroviy zaryadli sunʼiy yöldoş çiqarişi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Moskva bu bayonotlarni «hiyla» deb atagan. Şu bilan birga, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengaşida koinotga yadro qurolini joylaştirişga yöl qöymaslik töğrisidagi rezolyutsiyani bloklagan edi.

















