Özbekistonga Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa taşrif buyurdi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Islom Karimov nomidagi «Toşkent xalqaro aeroporti»da uşbu martabali mehmonni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti va ÖFA birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boşçiligidagi mutasaddilar kutib olişdi. OFK prezidentining taşrifidan maqsad, OFK Ijroqömining Toşkentda birinçi marotaba ötkazilayotgan yiğilişida iştirok etişdir.
26 sentabr kuni Toşkent şahri uşbu yiğilişga mezbonlik qiladi. Bugun şuningdek, Özbekistonga OFK Boş kotibi Dato Vindsor Jon ham yetib kelgan.
«Poytaxtimiz bunday tadbirga birinçi marta mezbonlik qilayotganini alohida e'tirof etiş kerak. OFK Ijroqömining navbatdagi yiğilişining aynan yurtimizda ötkazilişi, OFK hamda ÖFA örtasidagi aloqalar mustahkamligi yölida navbatdagi qadam vazifasini ötab beradi», deyilgan xabarda.
Yiğiliş Toşkent şahridagi «International» mehmonxonasida ötkaziladi.












