Facebook strategiyasi: iste'folar, xaridlar va milliardlab dollar daromad
|19:00 / 26.09.201811 9707 min
25 sentabr kuni The New York Times gazetasi Instagram boş direktori Kevin Sistrom va ijtimoiy tarmoqning boş texnik direktori Mayk Kriger ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvçi Facebook rahbariyatiga iste'foga çiqişlari haqida ma'lum qilişganini yozdi. Gazetaning ma'lumot berişiça, yaqin haftalar içida ular kompaniyani tark etadi.
Kevin Sistrom va Mayk Kriger
Foto: The New York Times
Şunisi qiziqki, dunyoning gigant kompaniyalaridan biri bölgan Facebook keyingi beş yil içida internet va yuqori texnologiyalar olamida nufuzga ega bölgan beşta kompaniyani sotib olgan. Ana şu beş kompaniyaning törttasiga tamal toşini qöyganlar keyinçalik iste'foga çiqişlarini e'lon qilişgan. Ular tarixiga nazar solamiz.
Instagram
Facebook 2012 yilda Instagram kompaniyasini 1 mlrd dollarga sotib oldi. “Kompaniya öz brendi va rahbariyatini saqlab qoladi hamda sayyoramizning eng yirik ijtimoiy tarmoğidan mustaqil ravişda rivojlanadi”, deb ma'lum qilgandi öşanda Mark Tsukerberg.
Foto: Instagram/Mark Zuckerberg
Oradan olti yil ötgaç, gazetasi Instagram boş direktori Kevin Sistrom va ijtimoiy tarmoqning boş texnik direktori Mayk Kriger iste'foga çiqişlarini ma'lum qilişdi. Instagram hammuassislari öz iste'folari sabablarini izohlaşmagan, ammo ular ta'til olişni rejalaştirayotganliklari haqida aytişgan.
WhatsApp
Foto: Brent Lewin/Bloomberg
Jahonning eng ommabop messenjerlaridan biri bölgan WhatsApp ham 2014 yilda 19 mlrd dollar evaziga Facebook tasarrufiga ötdi. Messenjer asosçilari Yan Kum va Brayan Ekton WhatsApp öz daxlsizligini saqlab qolişi, foydalanuvçilar haqidagi ma'lumotlarni heç qaçon xöjayin kompaniyaga bermasliklarini bildirişdi. Ammo 2017 yilda Facebook WhatsApp’ni xizmat körsatiş şartlarini özgartirişga majbur qildi. Buning natijasida ijtimoiy tarmoq messenjer foydalanuvçilarining telefon raqamlarini aniqlaş imkoniyatiga ega böldi. Bundan taşqari, Facebook rahbariyati foydalanuvçilar haqida ma'lumot töplaş va ularga reklama körsatiş maqsadida messenjer va ijtimoiy tarmoqdagi profillarni birlaştiriş şartini qöydi.
Mavzuga oid
Facebook bosimi ostida messenjer yillik obunadan voz keçdi. Korxonalarga mijozlar bilan muloqot qiliş imkoniyatini beriş rejasi tufayli messenjer himoya tizimini susaytirişiga töğri keldi.
2017 yil sentabrda WhatsApp hammuassislaridan biri Brayan Ekton kompaniyani tark etişini e'lon qildi. Şu yilning may oyida esa kompaniya boş direktori Yan Kum ham ketişga qaror qildi.
Oculus
Foto: David Paul Morris/Bloomberg
2014 yil yanvarida Mark Tsukerberg Oculus Rift virtual voqelik közoynaklariga qiziqib qoldi. U bu qurilma bilan tanişiş uçun kompaniya ofisiga şaxsan özi bordi. Kompaniya asosçilari Palmer Laki va Brendan Ayrib bilan ikki oylik muzokaralardan söng mart oyida Oculus VR Facebook tomonidan 2,4 mlrd dollarga sotib olindi.
2017 yil yanvarda ZeniMax media-giganti Facebook’ni Oculus VR kompaniyasini noqonuniy ravişda xarid qilişda aybladi. U dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Oculus virtual voqelik böyiça barça texnologiyalar işlanmasini noqonuniy ravişda öziga ötkazib olganini yaxşi bilgan holda bu kompaniyani sotib olganini va virtual voqelik közoynaklarini ZeniMax yaratganini iddao qildi.
Tsukerberg sudda texnologiyalarni öğirlagani yuzasidan qöyilgan barça ayblovlarni rad etdi. Uning sözlariga köra, VR-közoynaklarda işlatiluvçi barça texnologiyalar Oculus jamoasi tomonidan işlab çiqilgan.
Öşa yil fevralida sud Facebook ZeniMax kompaniyasiga 500 mln dollar jarima tölaşi kerakligi haqida hukm çiqardi.
Buning ustiga, Palmer 2016 yilda AQŞ prezidentligiga nomzod Xillari Klintonga qarşi guruhni moliyalaştirişda ayblandi. 2017 yil martida Laki Facebook’dan ketdi. Undan avvalroq, 2016 yil dekabrda esa Oculus boş direktori Brendan Ayrib kompaniyani tark etgandi.
LiveRail
LiveRail reklama serveri 2007 yilda taşkil etilgan bölib, u real vaqt rejimida reklama e'lonlari auksioni bilan şuğullanardi. 2014 yilda Facebook mazkur videoreklama servisini 500 million dollarga sotib oldi. Ammo ikki yildan söng, 2016 yil aprelda server yopildi va uning xodimlariga boşqa iş topişlari kerakligi aytildi. Öşa davrda LiveRail asosçisi va rahbari Mark Trefgarn ham Facebook’dan ketdi.
Navbatdagi kim?
2013 yilda Facebook Isroilning mobil tahlil bilan şuğullanuvçi Onavo kompaniyasini 120 million dollarga sotib oldi. Kompaniyaning 30 nafar xodimi Tsukerberg jamoasiga qöşildi. Mana beş yildirki, ular hamon Facebook’da işlab kelişmoqda.
Facebook hozirga qadar neçta loyihani sotib olgan
2005 yildan şu kungaça Facebook 58ta oldi-sotdi kelişuvini amalga oşirgan. Eng birinçisi – 2005 yilda Facebook.com domenining 200 ming dollarga sotib olinişi bölgan bölsa, oxirgisi VR-ovoz bilan şuğullanuvçi Two Big Ears şotland startapidir.
Startaplar uçun neça pul sarflangan?
Foto: Getty Images
Facebook texnologik startaplarni sotib oliş uçun 23 mlrd dollardan ortiq mablağ sarflagan. Mana, Mark Tsukerbergning eng yirik xaridlari röyxati:
WhatsApp — 19 mlrd dollar.
Oculus VR — 2,4 mlrd dollar.
Instagram — 1 mlrd dollar.
LiveRail — 500 mln dollar.
Microsoft Atlas — 100 mln dollar.
Face.com — 100 mln dollar.
Qolgan xaridlar uçun 10 mlndan 85 mln dollargaça sarflangan.
Foto: Getty Images
Facebook qaysi mamlakatlardagi startaplarni sotib olgan?
AQŞ - 43 loyiha.
Buyuk Britaniya - 6 loyiha.
Isroil - 3 loyiha.
Belarus, Kanada, Finlyandiya, Hindiston, Malayziya va Niderlandiya – 1tadan loyiha.
Facebook nimadan daromad topadi va kompaniya qançaga baholanadi?
Facebook asosan kompaniyalar va foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqda joylaştiradigan reklamadan daromad topadi. Kompaniya hisobotida aytilişiça, Facebook sof daromadi joriy yilning 1-çoragida 4,9 mlrd, 2-çoragida 5,12 mlrd dollarni taşkil etgan. Kompaniyaning 2017 yildagi sof daromadi 15,9 mlrd dollar bölgan.
Ikki mlrd nafardan ortiq foydalanuvçiga ega bölgan ijtimoiy tarmoq narxi ekspertlar tomonidan quyidagiça baholangan:
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi