Ukraina Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) bilan yangi, qisqa hamkorlik dasturi - stand-by böyiça muzokaralar olib bormoqda. Moliyaviy taşkilot davlatga yangi kredit oliş uçun törtta şart qöydi. Bu mahalliy «Iqtisodiy haqiqat» naşri öz manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Naşrning ta'kidlaşiça, XVJ missiyasining 6-19 sentabr kunlari davomida Ukrainada bölişi vaqtida dastur haqida bir qarorga kelinmagan, ammo munozaralar davom etmoqda.
Manbalarning bildirişiça, Ukraina tomoni gaz narxini kötariş masalasini kredit beruvçi bilan muvofiqlaştirib oldi - mamlakatda yoqilğining narxi 23 foizga ösişi kerak. Bu XVJ oldindan ham aytgan birinçi şart.
Ikkinçisi korrupsiyaga qarşi islohotlarga aloqador. Jamğarma Korrupsiyaga qarşi kuraş milliy byurosi foydasiga turli organlar örtasida elektron deklaratsiyalarni tekşiriş böyiça funksiyalarni qayta taqsimlaşni tavsiya qildi.
Uçinçi şart byudjyet bilan boğliq. Gazeta ma'lumotlariga köra, XVJ mamlakat rasmiylaridan moliyaviy rejani qabul qilişni talab etmoqda, ammo u hali ham tasdiqlanmadi.
Nihoyat, törtinçi şart - bu davlat fiskal xizmatini isloh qiliş.
Dastur 5-6 milliard dollar tranşni nazarda tutadi va 12-15 oyga möljallangan. Uşbu kredit tizimi 1952 yildan beri faoliyat körsatadi, u inqiroz holatlarini bartaraf etişda yordam beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq qaysi mamlakatlarda tez orada valyuta inqirozi yuz berişi mumkinligi oşkor etilgandi.












