AQŞ Isroil öz xavfsizligiga tahdidlarga nisbatan agressiv harakatda bölişi kerak, deb hisoblaydi. Qöşma ştatlar prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, amerikaliklar Isroilning şu yönalişdagi harakatlarini qöllab-quvvatlaydi.
U Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasi doirasida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşgan.
«Biz Isroil özining mudofaasi böyiça rejalarini qöllab-quvvatlaymiz. Ular agressiv harakat qilişmoqda, ammo ularda boşqa imkon yöq. Bu dunyoning juda murakkab qismi», degan Amerika rahbari. U Netanyahuni «AQŞ 100 foizga Isroil bilan birga» ekaniga işontirgan.
Tramp şuningdek, ikki davlat köp sohalarda, xususan savdo va mudofaa sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borayotganini qayd etgan.
Trampning aytişiça, AQŞ ma'muriyati Falastin-Isroil mojarosini 2-4 oy içida hal etişni rejalaştirgan.
Trampning nuqtai-nazariga köra, Falastin-Isroil mojarosi ayni vaqtda «juda murakkab holatda».
«Ammo menimça, bizda vaziyatni yaxşilaş uçun ajoyib ğoyalar bor. Bunday ğoyalar avval heç kimning xayoliga kelmagan», degan Oq uy rahbari.
Şu bilan birgalikda, u özining prezidentlik muddati yakunigaça, 2021 yil yanvariga qadar Isroil-Falastin mojarosi natijaga erişişni istaydi.
«Men prezidentligimning birinçi muddati yakuniga qadar natijaga erişişni orzu qilaman», degan Tramp.












