Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning qarori bilan Farğona viloyatida Latviyadagi universitetning filiali taşkil etilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişça, davlat rahbari 26 sentabr kuni tegişli qarorni imzolab, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Farğona viloyati hokimligining Farğona şahrida Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining filialini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Filial faoliyatining asosiy yönalişlari etib respublikaning turizm tarmoğini rivojlantiriş böyiça muhim vazifalarni hal qilişga qodir bölgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlaş, turizm va mehmonxona xöjaligi sohalarida amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boriş va boşqalar belgilandi.
Filialda öqitiş tölov-kontrakt asosida Özbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlari talablarini e'tiborga olgan holda Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan öquv reja va dasturlar böyiça köproq ingliz tilida kunduzgi şaklda amalga oşiriladi.
Mazkur Filialda oltita yönalişda bakalavr va ikkita mutaxassislikda magistrlar tayyorlanib, unga qabul kvotalari Oliy maktabning Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda tayyorlangan asosli takliflari böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi öquv jarayoniga ilğor pedagogik hamda axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etiş, kutubxona fondini zamonaviy öquv, öquv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan şakllantiriş va töldirişga kömaklaşadi.












