2018 yil 27 sentabr kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Özbekiston respublikasi Davlat soliq qömitasi, “Özstandart” agentligi bilan hamkorlikda kontrafakt matbaa mahsulotlari işlab çiqarilişining oldini oliş, ular savdosiga qarşi hamkorlikda kuraşiş, ota-onalarni bu kabi mahsulotlarni xarid qilmaslikka çaqiriş, bu jarayonga keng jamoatçilikni jalb etiş maqsadida “Kontrafakt – soğlik, sifat va iqtisodiyot kuşandasi” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi.
Aytib ötiş kerakki, respublika hududiga kontrafakt matbaa mahsulotlarini olib kiriş, işlab çiqariş, tarqatiş manbalarini aniqlaş va bu jarayonlarning oldini oliş böyiça Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan hamkor taşkilotlar bilan doimiy ravişda turli tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şu örinda respublika va hududiy teleradiokanallar, matbuot naşrlari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam çiqişlar qilinayotganini alohida ta'kidlaş lozim. Xususan, aholini kontrafakt mahsulotlaridan ogohlikka çaqiruvçi mavzuda bir neçta ijtimoiy roliklar tayyorlanib, efirga uzatildi.
– Bugungi kunda muhtaram prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan va samarali tatbiq etib kelinayotgan Harakatlar strategiyasi doirasida jamiyatimizning barça sohalarida ulkan islohotlar amalga oşirilmoqda, - deydi ÖzMAA Boş direktori L.Tangriyev. – Xususan, ommaviy axborot vositalari, noşirlik, matbaaçilik, axborot-kutubxona tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan 10dan ortiq qonun hujjatlari işlab çiqildi va qabul qilindi. Naşriyot-matbaa ijodiy uylari, noşirlarimiz turli xalqaro miqyosdagi körgazma va boşqa tadbirlarda iştirok etib, yutuqlarni qölga kiritişmoqda. Umuman olganda sohaga zamonaviy texnologiyalar kiritilmoqda, innovatsion ğoyalar tatbiq etilyapti. Bular, albatta, quvonarli, ammo sohada yetarliça xatolarning mavjudligi, kamçiliklarga yöl qöyilayotganligi açinarli hol.

Ma'lumot örnida aytiş zarurki, bugungi kunda mamlakatda faoliyat olib borayotgan matbaa korxonalarining umumiy soni 1718 tani taşkil etadi. Şulardan 82 tasi kitob va darsliklar, 294 tasi davriy bosma naşrlar, 51 tasi daftar, 91 tasi kantselyariya va blanklar, 385 tasi reklama, 815 tasi esa boşqa yönalişdagi matbaa mahsulotlarini çop etişga ixtisoslaşgan. Mazkur korxonalarning 992 tasi (57,7 foizi) Toşkent şahri va Toşkent viloyatida, 726 tasi (42,3 foizi) Qoraqalpoğiston Respublikasi va boşqa viloyatlar hududlarida joylaşgan.
– Agentlikda bu sohada yetarliça mutaxassislar mavjudligini hisobga olib, ular tomonidan ötkazilgan tekşirişlarda DSQ xodimlari, albatta, iştirok etadi va aniqlangan holatlar böyiça tegişli çoralarni köradi, – deydi DSQ boş inspektori I.Ergaşev. – Kontrafakt mahsulotlarni işlab çiqariş, ularning savdosi bilan şuğullanganlik uçun, aniqroq qilib aytganda asarlar yoki turdoş huquqlar obektlaridan noqonuniy foydalaniş, şu barobarida asarlar yoki turdoş huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarini tayyorlaş, tarqatiş, omma e'tiboriga yetkaziş yoxud asarlar yoki turdoş huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarida tayyorlovçilar, işlab çiqariş joylari, şuningdek mualliflik huquqi va turdoş huquqlar egalari haqida yolğon ma'lumotlarni körsatganlik uçun “Ma'muriy javobgarlik töğrisida”gi Kodeksga köra, fuqarolarga – eng kam oylik iş haqining 1 baravaridan 5 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigaça jarima solinişi belgilab qöyilgan, – deya öz sözini yakunladi I.Ergaşev.













