Hujjatga köra, 2023 yil 1 iyundan boşlab iste’molçilar huquqlari himoya qilinişini ta’minlaş, sertifikatlanmagan, saqlaş muddati ötib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni işlab çiqariş holatlari böyiça murojaatlar Soliq hamkor axborot tizimi orqali qabul qilinadi va körib çiqiladi.

Soliq hamkor axborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qiliş, körib çiqiş hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxslarni rağbatlantiriş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:

➖ axborot tizimi orqali kelib tuşgan murojaatlar nazorat va boşqa tadbirlarni ötkaziş uçun asos böladi;

➖ murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 iş kunida majburiy tartibda körib çiqilib, natijasi böyiça murojaat yöllagan şaxs xabardor qilinadi, bundan qonunçilikda belgilangan holatlar mustasno;

➖ tasdiğini topgan qonun buzilişi holatlari böyiça ma’muriy huquqbuzarlik uçun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uçun esa BHM 5 baravarigaça miqdorda rağbatlantiriladi.

Avvalroq kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan şaxslar rağbatlantirilişi prezident qarori bilan belgilangandi.