Filippin prezidenti Rodrigo Duterte “özining yagona gunohi” giyohvandfuruşlarga qarşi kuraş davomida minglab odamlarni sudsiz öldirişga ruxsat bergani ekanligini aytdi. Bu haqda South China Morning Post naşri ma'lum qildi.
Duterte tanqidçilariga murojaat qilib, “Mening aybim nima? Axir men bir peso öğirladimmi? Mening yagona gunohim – sudsiz öldirişdir”, deb aytgan Duterte.
Naşrning ma'lum qilişiça, huquq himoyaçilari Dutertening bu sözlarini aybini tan olişi deb baholaşgan. Duterte giyohvand moddalarga qarşi kuraşni e'lon qilgandan keyin sudsiz jazolaş yuz berayotganini tan olgan, biroq bu davlatning taşabbusi ekanini rad etib kelgan.
Duterte vakilining aytişiça, prezident yuqoridagi sözlarni “hazil tariqasida” aytgan va uning gaplarini tom ma'noda qabul qilmaslik kerakligini aytgan.
Filippin prezidenti öz nutqi davomida giyohvand moddalarga qarşi uruşni töxtatiş niyatida emasligini aytgan. “Uruş töxtatilmaydi. Men bu uçun öz hayotimni, prezidentligimni tikaman va ularni istalgan vaqt yöqotişga tayyorman”, deb aytgan Duterte.
Joriy yil martida Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Dutertening avval Davao meri, söngra prezident lavozimidagi xatti-harakatlarining tergovini boşladi. Duterte bunga javoban XJSga tergov ötkazişga huquq beruvçi Rim maqomida iştirok etişdan boş tortişini aytgan.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, Filippinda giyohvand moddalarga qarşi ikki yillik kuraş davomida 4,5 mingga yaqin odam, asosan mayda giyohvandfuruşlar va giyohvandlar öldirilgan. Biroq XJS ma'lumotlariga köra, uşbu uruş davomida kamida 8 ming kişi öldirilgan. Ba'zi huquqni himoyalaş guruhlari esa öldirilganlar soni 12 minggaça yetişini aytmoqdalar.












