Toşkent şahrining Mirobod tumanida şu yil 28 sentabr kuni Farğona yöli köçasidagi “Qöyliq ota” bekati oldida F.K. boşqaruvidagi 45-sonli “Boşliq dahasi - Qöyliq 2-daha” yönalişi böyiça qatnovçi “Mersedes-bents” rusumli avtobusining motor qismida yonğin sodir bölgan.


Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, körilgan çoralar natijasida yonğin öçirilgan.
Yonğin avtobusning yoqilği tizimining nosozligi oqibatida kelib çiqqanligi taxmin qilinmoqda. Jarohat olganlar yöq.
Suriştiruv işlari olib borilmoqda.











